« Sitoplazmaning sovuqqa chidamliligini oshirishda shakarlarning ro`li.» 9. Laboratoriya ishi Ташкент - 2014.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
« Sitoplazmaning sovuqqa chidamliligini oshirishda shakarlarning ro`li.» 9. Laboratoriya ishi Ташкент
Advertisements

Транксрипт:

« Sitoplazmaning sovuqqa chidamliligini oshirishda shakarlarning ro`li.» 9. Laboratoriya ishi Ташкент

Asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, qizil karam yoki qizilcha, ustara, qor, kristall holidagi tuz, shisha idishlar, termometr, mikroskop, buyum oynalari, millimetrli qog`oz yoki lineyka.

Bu mashg`ulot uchun qizil karam yoki qizilcha parenximasidan oltita bo`lakka tayyorlanadi. Bu bo`laklarning ko`ndalang kesigi 25 mm2, uzunligi 1-2 sm bo`lishi kerak. Bo`lakka ustidagi rangli shita yuvib tashlanadi. Shtativdagi uchta probirkaning biriga 10 ml suv, ikkinchisiga 10 ml 0,5 n shakar eritmasi quyiladi. Yuqorida tayyorlangan bo`lakchalardan har qaysi probirkaga ikkitadan solinadi. So`ngra probirkalar shtativdan olinib, qor va tuz aralashmasi solingan idishda 20 minut saqlanadi (3 qism qorga 1 qism tuz aralashtirilsa, uning temperaturasi 240 gacha pasayadi). Oradan 20 minut o`tgach, probirkalar xona temperaturasidagi suvli idishga quyilib, muzi eritiladi, keyin ulardagi suyuqliklarning rangi solishtirib ko`riladi. So`ngra har qaysi probirkadagi bo`laklardan yupqa kesik tayyorlanadi va mikroskopda tekshiriladi. Suvli probirkadagi bo`lakchalarning kesigini tekshirganda, hukayradagi antoyian buyoq chiqib ketgani sababli, hujayralar oqarib qolganligi ko`rinadi, chunki past temperature ta`sirida sitoplazma o`tkazuvchan xususiyatini yo`qotadi va hujayralar rangsizlanadi. 0,5 n (saharoza) eritmada bo`lakcha hujayralarining ba`zilari rangsizlansa, ba`zilarida sitoplazma to`la buzilmaganligi sababli, antosian bo`yoqni o`zida saqlab qolganligi ko`rinadi. 1 n eritmadagi bo`lakcha hujayralari past temperature ta`sirida nobud bo`lmay, tirik qolganligi aniqlanadi. Demak, hujayra tarkibida to`plangan uglevod (shakar) lar qish faslida o`simliklarni past temperatura ta`siridan saqlashda katta ahamiyatga ega ekan.

Eslatma: past temperatura hosil qilish uchun ishlatiladigan tuzlarning ro`yxati berilgan.

* O`simliklarning issiqqa chidamliligini aniqlash Asbob va reaktivlar: bir necha xil o`simmlik, suv hammomi, 0.2 n HC1, idishlar.

Bu mashg`ulotni o`tkazish uchun 3-4 xil o`simlikning har qaysisidan oltita barg kesib olinadi. Bu barglar (35° li) issiq suv quyilgan idishga solinadi. So`ngra bargli idish suv hammomiga joylanib, idishdagi suvnnng temperaturasi 35° pasaymasligi va shu darajadan yuqori ko`tarilmasligini ta`minlash uchun suv hammomi 30 minut isitib turiladi. Vaqt o`tgandan so`ng idishdagi har xil o`simlik bargidan bittadan olib sovuq suvga solinadi. So`ngra barglar solingan idishdagi suvning temperaturasi 40° gacha isitiladi, oradan 10 minut o`tgach, idishdan yana bittadan barg olib ikkinchi idishdagi sovuq suvga solinadi. Endi barglar solingan idish ichidagi suvning temperaturasi har 10 minut o`tishi bilan 45, 50, 55 va 60° gacha oshirib turiladi. Idishdagi suvning temperaturasi har 5° gacha ko`tarilgan sari yuqorida o`tkazilgan ishlar takrorlanadi. Bu ishlar tugagach, sovuq suvli idishda qoldirilgan barglarni suvdan olib, yassi idishga quyilgan 0,2 n HC1 eritmasiga solinadi. Oradan 20 minut o`tgach, tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi:

O`simliklar turiTemperatura (t°)

Eslatma: barglar qanday temperaturada yashil tusini yo`qotib, qo`ng`ir ranga kirganligi aniqlangandan so`ng jadvalning shu temperaturaga mos keladigan grafasiga «rangi o`zgarmaydi», «och qo`ng`ir yoki to`q qo`ngir tusga kirdi» deb yozib boriladi. Barg toqimasi issiqlik ta`sirida shikastlangan bo`lsa, HC1 eritmasiga solingan barg o`zining yashil tusini yo`qotib, qo`ngir tusga kiradi. Issiqlik ta`sirida shikastlanmagan barglarda hech qanday o`zgarish yuz bermaydi. Bu hodisa barg to`qimasining issiqqa chidamliligini korsatadi.