Shaxs metodikalari. Shaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar sub`yekti sifatida tavsiflaydi. Shaxs- bu menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Shaxs metodikalari. Shaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar sub`yekti sifatida tavsiflaydi. Shaxs- bu menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy.
Advertisements

Транксрипт:

Shaxs metodikalari

Shaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar sub`yekti sifatida tavsiflaydi. Shaxs- bu menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy rol bajaradigan, ongli mehnati bilan o`z ehtiyojlarini qondiradigan insondir. K.K.Platonovning talqiniga binoan : jamiyatda o`z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a`zosi shaxs deyiladi. K.K.Platonov ta`limotiga ko`ra shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 1.Yo`nalganlik- shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko`lam darajalarini farqlash lozim. 2.Ijtimoiy tajriba-ta`lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko`nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 3.Psixologik aks ettirish shakllari-ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 4.Biologic shartlangan osttuzish-miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog`liq bo`lgan patologik o`garishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xislatlarini birlashtiradi. Shaxs haqida umumiy tushuncha, shaxsning dinamik strukturasi (Platonov bo`yicha)

Shaxsni o`rganishda psixologiyaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin, ya`ni kuzatish, eksperiment, test, suhbat, anketa, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya metodlari. Ular orasida ko`proq so`rovnoma va test metodlaridan foydalanish keng tarqalgan. Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proyektiv meetodlar, ya`ni bolaning yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o`rganish metodlari mavjud shax sifatlarini baholashda ekspert baholash metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar maydonga chiqadi. Faqat ana shunday tarzda bolaning shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo`lamiz.

Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o`z-o`zini baholashi tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi va ular ballarga aylantiriladi. Natijalarni baholash Ha shaklidagi javoblar 1 ball bilan, Yo`q shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. Bilmayman va Ba`zan javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o`z- o`zini anglashi umumiy ballar yig`indisi bilan aniqlanadi. Bola taraqqiyoti haqida xulosa: 10 ball – juda yuqori 8-9 ball yuqori 4-7 ball – o`rtacha 2-3 ball – past 0-1 ballgacha – juda past Men kimman metodikasi

Shaxs sifatlarini sharhlash Og`zaki javoblar shkalasini baholash HaYo`qBa`zanBilmayman 1Yaxshi 2Mehribon 3Aqlli 4Tartibli 5Gapga kiruvchan 6E`tiborli 7Muloyim 8Qobiliyatli 9Mehnatsevar 10Rostgo`y

Shaxs so`rovnomalarining keng tarqalgan namunalari Shaxsni o`rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning qiziqishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli va boshqa savolnomalar ham keng qo`llaniladi. Savolnomalr yordamida tadqiqot o`tkazish eksperimental psixodiagnostikv tekshiruv o`rnini bosmaydi, ularni to`lditadi, chuqurlashtirishi mumkin. Bolalarni tekshirishda savolnomalardan foydalanish o`z xususiyatiga ega. Masalan, bola mustaqil ravishda savolnoma qog`ozini to`ldirishi mumkin emas, chunki savol noto`g`ri tushunib, noto`g`ri javob berishi mumkin. Tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtirishda, uning ma`nosini tushuntiradi, shundan so`ng javobni maxsus qog`ozga belgilab qo`yiladi.

R.Kettell testining bolalar varianti Bu metodika bog`cha bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun maxsus mo`ljallangan bo`lib, Kettellning kattalar uchun mo`ljallangan 16-omilli shaxsni o`rganish testining moslashtirilgan variantidir. Testing tuzilishi. Test bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o`z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganlik- aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal nuqtalari oralig`I 10 ballni tashkil etadi. O`rtachasi esa 5,5 ball. Quyida 11 ta shaxs xususiyatlari tavsifi berilgan. Metodika bo`yicha shaxs xususiyatlarining 3 xil rivojlanish darajasi bor: Quyi- 1-3 O`rtacha -4-7 Yuqori 8-10 Har turli shaxs xususiyatlarining rivojlanishini aniqlashda 2 oxirgi qutb hisobga olinadi va quyi miqdori qabul qilingan shkala bo`yicha ularga mos miqdoriy baholar va qisqacha ta`riflar beriladi.

Munosabat-odamlar o`rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabatning uch jihati farqlanadi: kommunikativ (axborot uzatish), perseptiv (o`zaro birgalikda harakat qilish). Nutq-bu og`zaki kommunikatsiya, til yordamida munosabat qilish jarayonidir. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi. Metodika o`tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya (yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo`ljallangan. Shuningdek, metodika yordamida guruhdagi noramiy lidelar, munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aiqlash mumkin.

Metodika ikki xil shaklda o`tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o`tkazishda sinaluvchilarga o`z guruhidan tanlaydigan kishilaning soni chegaralab qo`iladi. Sinaluvchining oldiga guruh a`zolarining ro`yxati qo`yilib, shu kishilarga o`ziga yoqish yoki yoqtirmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a`zolari soni tadan oshgandan so`ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi ta tengdoshlarini obyektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin.

Metodikaning 2-shakli parametric tarzdagi tanlovlar bo`lib, shaxsga o`zi faoliyat guruhdan 3-5 tagacha kishilani tanlash taklif etiladi, ya`ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi. Parametric tarzdagi tanlovlar Tadqiqotchilarning fikricha, parametric tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo`lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning tanlovlarga jiddiy e`tabor bilan yondashishiga sabab bo`ladi. Sotsiometriya tanlovlarini o`tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati kata. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo`lishi mumkin. 1.Guruhdagi tengdoshlaringizdan o`zingizga yoqqan 3 kishini uyingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o`rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o`rinda taklif etasiz? 2.Sinf yetakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o`rinda kimlani taklif etasiz.

Sotsiometriya metodikasi

Sotsiometriya metodkasini o`tkazish uchun sinaluvchilarga testni o`tkazish maqsadi qisqacha tushuntiriladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan, mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta o`quvchi test savollariga javob yozishni ta`minlashi zarur. Har bir o`quvchi to`ldirgan sotsiometrik kartochkalarasosida sotsiometrik matritsa to`ldiriladi. O`tkazish tartibiL: kichikroq qog`ozga o`quvchining ismi va familyasi yozilib tagiga chiziladi. O`quvchiga: eng yaqin do`stlaringdan 3 tasining ismi va familyasini ketma-ket shu qog`ozga yoz, birinchi o`ringa kimni qo`yasan, ikkinchi o`ringa kimni va hokazo deb aytiladi. Bu qog`ozlar to`planib natijalar umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.

Kimni tanlaydi Abdullayevx Baxodirov2x 3 1 3Vaxobov2 x 13 4Do`stmuhamedov2 3x 1 5Jo`rayev 2 1x2 6Xakimov 12 x3 Jami

Har xil statuslarni quyidagicha aniqlaymiz. O`rtachadan ikki barobar ko`p tanlov olsa- Yulduzlar hisoblanadi. St >m+2k=6 ta O`rtachadan bir-bir yarim baobar ko`p tanlov olsa- yoqimtoylar St>m+1(1,5)k=5-4ta O`rtacha tanlov olgan= o`rtacha(+3) O`rtachadan 1 yoki 1,5 barobar kam tanlov olganlar qabul qilinmaganlar St>m-1(1,5)k=1-2ta Umuman tanlov olmaganlar yakkalanib qolganlardeyiladi. St>m-2k=0ta Sotsiometrik tanlov jarayonida qog`ozning orqa tomoniga Sarvar sen nima uchun Sardorni tanladingdeb so`raladi va javobi yozib qo`yiladi. Bu tanlov motivlarini aniqlash jarayonidir.