9-mavzu: Gnoseologiya. Bilish haqidagi talimot Reja: 1.Bilish – voqelikning inson ongidagi inikosi. Bilish muammosining falsafada qo`yilishi. 2.Bilish.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
9-mavzu: Gnoseologiya. Bilish haqidagi talimot Reja: 1.Bilish – voqelikning inson ongidagi inikosi. Bilish muammosining falsafada qo`yilishi. 2.Bilish.
Advertisements

Транксрипт:

9-mavzu: Gnoseologiya. Bilish haqidagi talimot Reja: 1.Bilish – voqelikning inson ongidagi inikosi. Bilish muammosining falsafada qo`yilishi. 2.Bilish murakkab dialektik ziddiyatli murakkab jarayon. Bilish bosqichlari. Sensualizm. Ratsionalizm. 3.Bilishda ijod, intuitsiyaning o`rni. 4.Falsafada haqiqat muammosi 5.Ilmiy bilish. Uning o`ziga xos tomonlari. Ilmiy bilish darajalari. Empirik bilish, nazariy bilish. Adabiyotlar: 1.Falsafa M.Ahmedova T bet. 2.Falsafa asoslari NMIU T , , b. 3. I.Karimov, M.Rustamova Falsafa fani tarixi va nazariyasi betlar. 4. J.Tulenov Dialektika nazariyasi T betlar. 5.Bilish falsafa T , bet. 6. Falsafa. E. Yusupov taxriri ostida. –T, Sharq, 1999 yil, betlar 7. Falsafa. Ensiklopedik lug`at. T-2010.

Tayanch iboralar: bilish xissiy bilishhaqiqat mantiqiy bilishilmiy bilish gnostisizmobyektiv haqiqat agnostisizmabsolyut (mutlaq) haqiqat sensualizmnisbiy haqiqat ratsionalizmkonkret (real) haqiqat skeptisizmabstrakt haqiqat empirizmijod empirik bilish nazariy bilish intuitsiya

Chizma 1 Bilish Bilish - olamning inson ongida aks etish jarayoni Bilish nazariyasi – gnoseologiya- bilishning mohiyati, qonuniyatlari to`g`risidagi ta'limot Bilish nazariyasining mohiyati: 1. Ob'ektiv olam inson ongi, xohish irodasiga bog`liq bo`lmagan holda mavjud. Ayni vaqtda obyektiv olam inson bilimlarining manbai. 2. Inson o`z ongi bilan olam va uning rivojlanishi qonunlarini bila oladi.

Chizma 2 Bilish muammosining falsafada qo`yilishi. Demokrit - yunon faylasufi (tax mil.avv yillar) Olamni bilish va haqiqatga erishish mumkin. Aristotel – yunon faylasufi (mil.avv yillar) Tabiat – bilish va his qilish manbai. Sezgi – ayrim narsalarni his etadi, tafakkur narsalarning umumiy tomonlarini idrok etadi. Abu Nasr Forobiy ( yillar) Inson barcha bilimlarni tashqi olamdan oladi, u sezgi, idrok, xotira, mantiqiy tafakkur orqali voqelikni biladi. Frensis Bekon – ingliz faylasufi ( yillar) Olamni bilish mumkin. Bilish sezgidan boshlanadi. Bilish manbai – tajriba. Olim Yangi organon asarida bilishning induktiv metodini ishlab chiqqan.

Rene Dekart – fransuz faylasufi ( yillar) Bilishning birdan-bir manbai – tafakkur. Olim bilishda ratsionalizm g`oyasini ilgari surgan. Jon Nokk – ingiliz faylasufi ( ) Sensualizm talimoti asoschisi bilimning asosi hissiy bilish goyasini ilgari surgan. David Yum – ingliz faylasufi ( yillar) Inson real voqelikni bila olmaydi. U faqat o`z sezgilarini bila oladi. Jorj Berkli – ingiliz faylasufi ( ) Barcha narsalar sezgilar majmuasidan iborat. Ular obektiv dunyoning mavjudligini inkor etadilar. Immanuil Kant – nemis faylasufi, tabiatshunos olim ( yillar) U inson bilishi mumkin bo`lgan hodisalar olamini narsa biz uchun deb nomlaydi. Narsa o`zidani inson bila olmaydi, deb hisoblaydi. Vilgelm Gegel – nemis mumtoz falsafasining yirik vakili ( ) Olamni dialektik anglash metodini ishlab chiqdi, olam taraqqiyotining ziddiyatli jarayon ekanligini asoslab berdi.

Chizma 3 Bilish bosqichlari Xissiy bilish (jonli mushohada) Xissiy bilish – narsa-voqea, hodisalarning inson ongida bevosita aks etish jarayoni Xissiy bilish shakllari: sezgi idrok tasavvur Aqliy (mantiqiy) bilish – narsa, hodisalar mohiyati, aloqa munosabatlarini bilish Aqliy (mantiqiy) bilish shakllari: tushuncha hukm (mushohada) xulosa Intuitiv bilish – g`ayrishuuriy bilish, to`satdan bilish.

Chizma 4 Bilish tarkibi Bilish subyekti (bilish harakatining sohibi, shaxs) Bilish obyekti (subyektning bilish faoliyati yo`naltirilgan narsa, hodisa, jarayon) Bilim (bilish natijasi)

Chizma 5 Bilish – insonning olamga faol munosabati. Bilish natijasi bilim. Bilim 3 ta shaklda namoyon bo`ladi: Faoliyat ko`nikmasi Axborot Bilim, ilmiy-nazariy bilim. Faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish Oldin ko`rish, bashorat qilish Olamni va o`z – o`zini anglash.

chizma 6 Gnoseologiyada xaqiqat muammosi Haqiqat – bilishning bosh maqsadi Haqiqat – olamdagi narsa va hodisalarning inson ongida to`g`ri aks etishi, bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi Haqiqatning shakllari : obyektiv haqiqat absolyut (mutlaq) va nisbiy haqiqat konkret va abstrakt haqiqat

Chizma 7 Bilish. Ilmiy bilish. Insonning olam haqidagi bilimlari 2 ko`rinishda namoyon bo`ladi: Oddiy, kundalik bilim; Ilmiy, nazariy bilim. Bilish – olam,undagi narsa va hodisalarni, ularning xossa, xususiyatlari va munosabatarini anglash. Ilmiy bilimlar olamdagi narsa va hodisalarni maxsus faoliyat orqali chuqur, atroflicha o`rganish yordamida hosil qilinadi.

Chizma 8 Ilmiy bilishni o`ziga xos xususiyatlari: Ilmiy bilish – chin bilimlar hosil qilishga yo`naltirilgan, uzluksiz kechadigan jarayon. Ilmiy bilish insondan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi va u inson manaviy faoliyatining eng murakkab ko`rinishi –ilmiy tadqiqot faoliyati hisoblanadi. Ilmiy bilish natijalari –ilmiy bilim deb yuritiladi va u fanlar mazmunini tashkil qiladi. Ilmiy bilish jarayoni murakkab tarkibiga ega: Ilmiy bilish subyekti; Ilmiy biish obyekti; Ilmiy bilish metodlari; Ilmiy bilishshakllari.

Chizma 9 Ilmiy bilish darajalari. Ilmiy bilish – umumiy bilishning quyi darajasi. Unda empirik bilish metodlari, kuzatish, tajriba, tasvirlash o`lchov va h k. Nazariy bilish – ilmiy biishning yuqori darajasi, narsalar mohiyatini tushuntiradi. Nazariy biish metodlari: tarixiylik va mantiqiylik, konkretlik va abstraktlik modellashtirish. Ilmiy bilish shakllari: Ilmiy dalil; ilmiy muammo; ilmiy taxmin; Ilmiy qonun; ilmiy nazariya; ilmiy kashfiyot; Ilmiy bashorat.