5-Mavzu: Manaviy madaniy yetuklik. Reja: 1.Bolani maktabda оqishga manaviy madaniy,aqliy, jismonan tayyorlii. 2.Shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarligi.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
5-Mavzu: Manaviy madaniy yetuklik. Reja: 1.Bolani maktabda оqishga manaviy madaniy,aqliy, jismonan tayyorlii. 2.Shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarligi.
Advertisements

Транксрипт:

5-Mavzu: Manaviy madaniy yetuklik

Reja: 1.Bolani maktabda оqishga manaviy madaniy,aqliy, jismonan tayyorlii. 2.Shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarligi. 3.Bolaning o`ziga xos xususiyatlari xaqida.

Maktabning bola shaxsiga qоyadigan asosiy talablaridan biri psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavkeini оzgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar оquv faoliyatining оziga xosligi bilan оzviy bogliq. Shuni takidlab оtish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy xisoblanmaydi, balki u doimo оzgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jixatlari: intellektual (akliy), manaviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir.

5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (akliy) tayyorligining yana muxim kursatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkоrning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan xolda bola atrof- muxitdagi narsa-xodisalar urtasidagi eng muxim xususiyatlarni, munosabatlarni farklay olish imkoniyatiga ega buladi. Bu urinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina kolmay, balki ulardan muvaffakiyatli foydalana oladigan buladilar.

Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan kurkitish xollari xam kоzatiladi. 1.Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda kanday ukiysan? 2.Sanashni bilmaysan-u, maktabga kanday borasan? 3.Maktabga borsang, urtoklaring bu kiligingdan qоlishadi! 4.Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan! Kabi tana-dashnomlar, bolada maktabdan kurkish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bulishi mumkin.

Bolani birinchi sinfda оqitishda yuzaga keladigan kiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan buladigan mulokotlari shakli u yoki bu vaziyatga bogliq bulmagan xolda, shaxsiy axamiyatga ega bulishi muxim axamiyatga ega. Bunday mulokot bolaning kattalar etiboriga va xamdardligiga bоlgan extiyoj va extiyojlarni kattalar tomonidan kondirilishi bilan xarakterlanadi. Mulokotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga etibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan xam ularga nisbatan shunday etibor kursatilishiga bоlgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (kuchada, uyda, mexmonda, ishxonada) оzlarini kanday tutishlarini farklay oladilar. Kattalarning bunday xulkni anglash evaziga bolalar xam kattalarga, ukituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon kiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bulsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan xam tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan talim jarayonini murakkablashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogika» «Ukituvchi» T- 1993y. 2.Muxabbat Rasulova va … «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturi.T-2002y. 3.«Bolalar bogchasida talim-tarbiya dasturlari» Muminova, Sobirova va boshkalar. 4.YE.T.Nedopekina, A.V. Nikolskaya «Maktab bo`sagasida» «Uqituvchi»T-1971y.