7-LABORATORIYA MASHGULOTI. Matematikani oqitishda mashq va masalalar asosiy vosita sifatida. Maqsad: 1. Matematik bilim elementlarini shakllantirishga.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
7-LABORATORIYA MASHGULOTI. Matematikani oqitishda mashq va masalalar asosiy vosita sifatida. Maqsad: 1. Matematik bilim elementlarini shakllantirishga.
Advertisements

Транксрипт:

7-LABORATORIYA MASHGULOTI

Matematikani oqitishda mashq va masalalar asosiy vosita sifatida. Maqsad: 1. Matematik bilim elementlarini shakllantirishga qaratilgan masalalar sistemasini tanlash xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish. 2. Matematika darsliklarida quyidagi mavzularni ozlashtirgan masalalar sistemasi taxlil qilish, yani togri kasr va notogri kasr tushunchalarini, Uchburchakning ichki burchaklarini yigindisi haqidagi teorema, Oddiy kasrlar mavzusiga oid yozma ish masalalari. Vositalar: 7 sinf Matematika darsligi. 7 sinf Geometriya darsligi.

Asosiy mazmuni. Oquvchilarda matematik bilim, konikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishda masalalar asosiy vosita bolib xizmat qiladi. Masalalarni yechish orqali biz faqat matematikani oqitishda talimiy emas balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshiramiz masalalar sistemasi bilim, konikma va malakani shakllantirishga qaratilgan, amaliy qollanmani namoiyshi uchun (korsatish uchun) yonaltirilgan bolishi mumkin. Nazariy bilimlarni berishga qaratilgan masalalar sistemasi tushunchani tola ozlashtirishni taminlashga qaratilgan, teorema va uning isbotini, qollanishini, ozlashtirishni taminlovchi, qoida va algoritmlarning ozlashtirilishini taminlashga qaratilgan bolishi mumkin.

Matematik tushunchani va uning tarifini ozlashtirishga qaratilgan masalalar sistemasini xususiyatlari quyidagilardan iborat: Masalalar sistemasida yangi matematik tushunchalarni amaliy axamiyatini korsatuvchi masalani mavjudligi. Yangi tushunchani shakllantirishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. Tushunchaning alomatlarini korsatishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. Tushunchani boshqa tushunchalardan ajratib olishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. Tushunchani tariflovchi matnni ozlashtirishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. Tushunchaga bogliq bolgan matematik belgilarni ishlatishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. Tushunchaning xossalarini ornatishga qaratilgan masalaning mavjudligi. Yangi matematik tushunchani qollanishiga qaratilgan masalaning mavjudligi.

Teoremani va uning isbotini qaratilgan ozlashtirishga masalalar sistemasini xususiyatlari quyidagilardan iborat boladi: 1. Teoremada keltirilgan matematik faktni ochish uchun kerakli bilimlarni zarurligini korsatishga qaratilgan masalaning mavjudligi. 2. Teoremani isboti jarayonida ishlatiladigan faktlarni muximligini korsatuvchi masalalarning mavjudligi. 3. Teoremani shartida keltirilgan faktni ongli ravishda ozlashtirishga yonaltirilgan xisoblashga, isbotlashga yoki yasashga doir masalaning mavjudligi. 4. Teoremani ozlashtirishga qaratilgan masalaning mavjudligi. 5. Teorema isbotini aloxida bosqichlarini yorituvchi masalalarni mavjudligi. 6. Teoremani isboti ozgartirilgan holda qaytariladigan masalaning mavjudligi. 7. Teoremani isbotini boshqacha yolini korsatuvchi masalaning mavjudligi. 8. Teoremada keltirilgan shartlarga faktlarni qollashga yonaltirilgan masalani mavjudligi. Masalalardan muammoli vaziyatni vujudga keltirish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Endi qoida va algoritmlarni ozlashtirish jarayonida qollaniladigan masalalar sistemasini xususiyatlari ustida toxtalamiz. 1. Organilayotgan qoidani muximligini tasdiqlovchi (asoslovchi) masalani mavjudligi. 2. Ushbu qoidani ozlashtirish uchun kerakli bilim, konikmani xosil qilishga yonaltirilgan masalani mavjudligi. 3. Algoritm (qoidani) alohida operatsiyalarni bajarishga yonaltirilgan masalaning mavjudligi. 4. Qoidani turli vaziyatlarda qollashga yonaltirilgan masalani mavjudligi.

Laboratoriya topshiriqlari. 1-topshiriq. Quyidagi tushunchalarni kiritishga moljallangan masalalar sistemasini tuzing. 1. Sonning boluvchisi. 2. Sonning bolinuvchisi. 3. Kopxad. 4. Tenglama. 5. Kopburchak. 6. Aylana. 7. Paralelogramm. 8. Trapetsiya. 9. Romb. 10. Bissektrisa.

2-topshiriq. Quyidagi teoremalarni va isbotini ozlashtirishga qaratilgan masalalar sistemasini tuzing. 1. Pifagor teoremasi. 2. Fales teoremasi. 3. Teng yonli uchburchak medianasini xossasi. 4. Proportsional kesmalar haqida teorema. 5. Kosinuslar teoremasi. 6. Sinuslar teoremasi. 7. Paralelogramm diagonallarini xossasi. 8. Uchburchakni orta chizigini xossasi. 9. Uchburchak burchaklarining yigindisi. 10. Uchburchakning tashqi burchagi haqidagi teorema.

3-topshiriq. 7 sinf Geometriya darsligi boyicha quyidagi bolimlarni nazorat qilish uchun moljallangan yozma ish uchun masalalar sistemasini tuzing. 1. Eng sodda geometrik shakllar. 2. Uchburchak. 3. Paralell togri chiziqlar. 4. Tortburchaklar. 5. Yasashga doir masalalar.