6-mavzu: Falsafaning juft kategoriyalari. Reja: 1. Kategoriya. Falsafa kategoriyalarining mohiyati xususiyatlari 2. Olamdagi eng umumiy aloqadorliklarni.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
6-mavzu: Falsafaning juft kategoriyalari. Reja: 1. Kategoriya. Falsafa kategoriyalarining mohiyati xususiyatlari 2. Olamdagi eng umumiy aloqadorliklarni.
Advertisements

Транксрипт:

6-mavzu: Falsafaning juft kategoriyalari. Reja: 1. Kategoriya. Falsafa kategoriyalarining mohiyati xususiyatlari 2. Olamdagi eng umumiy aloqadorliklarni ifodalovchi kategoriyalar. Mohiyat va hodisa. Ayrimlik, xususiylik, umumiylik. qonuniyat. 3. Narsa va hodisalar tuzilishini aks ettiruvchi kategoriyalar. Shakl va mazmun. Butun va qism. Sistema, struktura, element. 4. Narsa va hodisalar orasidagi sababiy bog`lanishlarni aks ettiruvchi kategoriyalar. Sabab va oqibat. Imkoniyat va voqelik. Zaruriyat va tasodif. Adabiyotlar: 1. J.Tulenov Dialektika nazariyasi - T, O`zbekiston, 2001 yil., betlar. 2. Falsafa asoslari. – T., O`zbekiston NMIU, 2005 yil, betlar. 3. I.Karimov, M.Rustamova Falsafa fani tarixi va nazariyasi. – T., 2007 yil, betlar. 4. Falsafa. E.Yusupov taxriri ostida. T., Sharq, yil, betlar. 5. O.G.Danilyan, V.M.Taranenko Filosofiya Uchebnik. – Moskva, 2005 yil, betlar.

Tayanch tushunchalar: Kategoriya Sistema- struktura-element Falsafa kategoriyalari Sabab va oqibat Mohiyat va hodisa Imkoniyat va voqelik Ayrimlik, xususiylik, umumiylik Zaruriyat va tasodif Mazmun va shakl Determinizm Butun va qism

1-chizma Tushuncha Kategoriya Insonni olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlar haqidagi bilimlari tushuncha va kategoriyalarda aks etadi. Tushuncha - olamdagi narsa va hodisalarning inson ongidagi fikriy ifodasi hisoblanadi. Masalan: inson, go`zallik, geometrik shakl, o`simlik Narsa va hodisalarning mohiyati, eng muhim xossa va munosabatlarini ifodalovchi asosiy tushunchalar kategoriyalar, deb yuritiladi Har bir fanning mazmuni uning tayanch tushunchalari – kategoriyalarda o`z ifodasini topadi: fizikada – molekula, atom, massa, energiya...; biologiyada – irsiyat, gen, organizm...; matematikada – natural son, tenglama, deffirensial, integral...; psixologiyada – ruhiyat, his-tuyg`u, iroda, ongsizlik... va hokazo.

2-chizma Kategoriyalar. Falsafa kategoriyalari. Alohida fanlarda qo`llaniladigan asosiy (tayanch) tushunchalar (fan kategoriyalari).

3-chizma Falsafa kategoriyalari Falsafa kategoriyalari obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni muhim tomonlari, xossa-xususiyatlarini, eng umumiy (universal) aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. Kategoriya tushunchasi birinchi bo`lib, qadimiy Yunon faylasufi Aristotel tomonidan uning Metafizika, Kategoriyalar asarlarida ta'riflangan. Bular: mohiyat, miqdor, sifat, vaqt va hokazo.

4-chizma Falsafa kategoriyalarning o`ziga xos xususiyatlari: 1. Falsafa kategoriyalari universal xarakterga ega. Ular bir tomondan olamning eng umumiy mohiyatli tomonlarini aks ettirsa, ikkinchidan, ular inson bilimining tayanch nuqtalar hisoblanadi. 2. Falsafa kategoriyalari narsa va hodisalar orasidagi eng umumiy aloqadorliklarni aks ettiradi. Ayni vaqtda ular o`zaro bir-birlari bilan chambarchas bog`liq, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, biri ikkinchisini taqozo etadi. 3. Kategoriyalarning mazmuni ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalarning eng umumiy qonuniyatlaridir.

4. Falsafa kategoriyalari insonning olam haqidagi fikr shakllaridir. Shu ma'noda ular narsalarning mohiyatini chuqqurroq, to`laroq bilishga yordam beradi. Ayni paytda insonga olam haqida yangi bilimlarni hosil qilish uchun asos bo`lib hisoblanadi. 5. Falsafa kategoriyalari ijtimoiy amaliyot mahsuli hisoblanadi. 6. Falsafa kategoriyalari: borliq va uning mavjudlik shakllarini ifodalaydi: borliq, materiya, fazo va hokazo. eng umumiy aloqadorliklar va taraqqiyotni ifodalaydi: sabab va oqibat, mazmun va shakl va hokazo. bilish jarayonini ifodalaydi: hissiy bilish, mantiqiy bilish.

5-chizma Falsafa kategoriyalari. Toq kategoriyalar. Bular: borliq, materiya, harakat, bilish... Juft kategoriyalar. Bular: sabab va oqibat, mazmun va shakl va hokazo.

6-chizma Falsafaning juft kategoriyalari. Juft kategoriya- lar. Bular: sabab va oqibat, mazmun va shakl va hokazo. Narsa va hodisalar- ning tizimi shakli, mazmunini ifodalaydi: Butun va bo`lak (qism); Sistema, struktura, element; Mazmun va shakl. Sababiy aloqadorlik- larni ifodalaydi: Sabab va oqibat; Imkoniyat va voqelik; Zaruriyat va tasodif