Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Reja: Kirish I BOB. AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI, IShLARI, ODATLARI I.I.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Информационная поддержка электронных библиотек в Интернет Белоножка Элина Николаевна, Российская национальная библиотека, Отдел цифровых технологий.
Advertisements

1 Андреев Александр Александрович д.пед.н, к.т.н, профессор, завкафедрой педагогики Московской финансово-промышленной академии. сайт: a-edu.narod.ru э-почта:
Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Reja: Kirish I BOB. AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI, IShLARI, ODATLARI I.I.
Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Mavzu: Ozbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. Reja:
Транксрипт:

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov Reja: Kirish I BOB. AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI, IShLARI, ODATLARI I.I. AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI I.II. AMIR TEMURNING IShLARI, ODATLARI II BOB. AMIR TEMUR DAVLATIDA BOShQARUV TIZIMI II.II. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI HULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI MAVZU: AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI, ISHLARI, ODATLARI

Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH AMIR TEMURNING NASLU NASABI, FAZILATLARI, IShLARI, ODATLARI Ulug` bobomiz Amir Temur ko`hna shahar Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg`or qishlog`ida 1336 yil 9 aprel kuni tug`ilgan. Otasi Tarag`ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy- siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo`lgan barlos qavmidan chiqqan o`rtahol beklardan bo`lib, Chig`atoy xonlaridan Qozonxon ( ) lashkarida xizmat qilardi. Xoja ilg`or qishlog`i va uning tevarak-atrofidagi erlar unga mulk hisoblanardi. Onasi Takina begim ham naslu nasab jihatdan aslzodalar jumlasidan edi. U Buxorolik mashhur faqih Toj ash- sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo`lgan Ubaydulla Masudning avlodi (1350 y. vafot etgan) edi. «Nasabnoma» larda va Amir Temurga bag`ishlangan tarixiy kitoblarda uning shajarasini Nuh payg`ambar va uning avlodi Turkxonga (Yofas o`g`longa) bog`laydilar. O`sha «Nasabnoma» larda va tarixiy kitoblarda, masalan, Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida bunday deyiladi: «Tuminaxonning egizak o`g`illari bo`lgan. Birinchi ismi Qobilxon, ikkinchisi Kochuli bahodir». Chingizxon ham Temurbek kabi Turkxon (Yofas o`g`lon) ning avlodi, ikkinchidan, uning onasi turk-nayman qabilasiga mansub bo`lgan. Bir eski tarixiy kitobda o`qiganim bor. Unda Chingizxonni ko`k ko`z mo`g`ul deb atashgan. U oq yuzli va ko`zi ko`k odam bo`lgan ekan. Xitoy solnomalarida aytilishicha, hozirda mashhur Xitoy devorining shimol tarafida qadimda istiqomat qilgan xalqlar «ko`k turklar» deb atalgan.1Lekin «Nasabnoma» lar va shajaralar hamda vaqt ham ishonchli manba bo`lolmaydilar, chunki tarixchilar o`z podsholarini ilohiylashtirish maqsadida shunday qilganlar. Masalan, Amir Temurning ajdodi aslida harbiy kishilar bo`lganlar. Kachuli bahodir, Sug`u Chechan, Qorachor no`yon va boshqalar. Chingizxon va uning vorislari zamonida qo`shinga qo`mondonlik qilib o`tganlar.1.

Temurbekning bolaligi va yoshligi qanday kechganligi haqida o`sha zamonlarda yozilgan kitoblarda aniq malumot yo`q. Lekin bizda qadimdan xonzodalar, shahzodalar va bekzodalarning talim-tarbiyasiga alohida etibor berilgani malum. Ularga to`rt yoshidan boshlab talim berish boshlangan. Ularga shu yoshdan boshlab xat-savodini chiqaruvchi muallimlar va xotirasi va fikrlash salohiyatini oshiruvchi maxsus qissaxonlar biriktirilgan. Qissaxonlar xonzoda, shahzoda yoki bekzodadan atigi 6-8 yosh katta bo`lishgan va birga o`ynashib yurganlar. Endigina to`rtga kirgan Muhammad Tarag`ay (Ulug`bek)ga biriktirilgan Hamzaning yoshi 12 da bo`lgan. U keyincha katta olim bo`lib etishdi va Shayx Ozariy nomi bilan shuhrat topdi. O`ylaymizki, Tarag`ay Bahodir birmuncha kambag`allashib qolganiga qaramay, o`g`lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o`qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o`rgatgan, albatta. Ov va harb ilmlari xonzoda, shahzoda va bekzodalarga maxsus o`rgatilgan. Negaki, bu ikki ilm ularni yoshlikdan chiniqtirgan. Bu ikki ilmni o`rgatish uchun maxsus ustozlar yollangan. Shahzodalar va bekzodalar ot chopish, nayza sanchish, o`q otish, chovgon o`ynash, qilichbozlik kabi harbiy sanatlardan talim olganlar. Va yana ularni yoshlikdan saltanat tebratish ilmiga ham o`rgatganlar. Bunga o`sha zamonlardan qolgan «Suluk ul-muluk» («Podsholarga qo`llanma»), «Tuzuklar» va boshqa nomlar bilan etib kelgan kitoblar guvohlik beradi. Bu kitoblarda amaldorlarni tanlash va o`z o`rniga qo`yish, hukumat ishlarini yuritish, tabaqalarning arz-shikoyatlarini eshitish, hukm chiqarish kabi davlat amallarini ado etish kasbi tushuntirib berilgan. Temurbek ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Amir Temurning hayot paytida chizdirgan maxsus surati yo`q. Lekin zamondoshi Ibn Arabshohning so`z bilan ifodalan murati bor. U Temurning shaklu shamoilini bunday tasvirlaydi: «Temur qaddi-qomati kelishgan, baland bo`yli, tik qomatli, keng peshonali, kallasi katta, bag`oyat kuchli, salobatli, yuzi oq- qizildan kelgan, lekin bironta dog`i yo`q, bug`doy rang emas, qo`l-oyoqlari baquvvat, elkalari keng, barmoqlari yo`g`on, boldir va poychalari semiz, qaddu qomati kamoliga etgan, sersoqol, ikki ko`zi bamisoli sham bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rqmas, qartayib qolgan bo`lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to`la va pishiq, xuddi tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, o`yin-kulgiyu, ko`ngilxushlikka maylsiz, garchi (so`zda) o`ziga ozor etadigan biron narsa bo`lsa hamki, sadoqa tunga yoqar, maqulroq edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas edi va o`ziga hosil bo`ladigan yutuqdan shodlanmas edi»1.1 Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Amir Temur o`tkir fikrlovchi, farosatli, ziyrak, do`st-dushmanni bir qarashda ajrata biladigan, mard va haqgo`y kishilarni yoqtiruvchi, donov a katta hayot tajribasiga ega bo`lgan kishilarni do`st tutar, xoinlikni va xoinliklarni yomon ko`rardi. Hazrat sohibqiron fel-atvori durust, xullas yaxshi kishi edi. Ibn Arabshohdan yana o`qiymiz: «U sinchkov, har bir ishoratdan ogoh kishi bo`lib, yuz berishi mumkin bo`lgan hodisalarni ko`rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o`tmas, o`z farosati bilan haqgo`y va yolg`onchini ajratar edi. Ziyrakligi bilan haq nasihatgo`ydan sohta nasihatgo`yni ajrata olar, o`z fikri va idroki bilan sal bo`lmasa «o`char yulduz» ni to`g`ri yo`lga solib yuborar, o`z farosati va mulohazalari bilan bexato aylanib turgan sayyora o`qini o`z orqasidan ergashtira olar edi»2.2 Hazrat sohibqiron mard kishi edi: «Temur qo`rqmas, shijoatli, botir kishilarni o`z orqasidan ergashtiruvchan bo`lib, jasoratli, dovyurak va mard kishilarni yoqtirar edi. Ularning yordamida dahshatli joylarni fath etib, sheryurak odamlarni asirga tushirar, o`lja qilar, ularning zarbalari bilan baland tog` cho`qqilarini ham vayron qilardi. U fahsh so`zlarni yoqtirmasdi. Yana o`sha Arabshohdan: «Uning majlislarida uyatsiz gaplar, qon to`kish, asir olish, g`orat qilish va ayollar xususida haqoratli so`zlar aytilmas edi. Temur tengi yo`q fel-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo`lib, tafakkur dengizining qari yo`q, tadbiri tog`iga na tekisligu, na o`ydim-chuqur orqali yo`l topilar edi, ilm ahliga mehribon edi». Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Ibn Arabshoh: «Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyid shariflarni o`ziga yaqin tutardi. Ulamo va fozillarga to`la izzat ko`rsatib, ularni har qanday kimsadan tamom muqaddam ko`rar edi. Ularning har birining o`z martabasiga qo`yib, izzat-ikromi va hurmatini unga ochiq izhor qilardi. Ularga nisbatan o`z muruvvati bisotini yozar ediki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs yuritar ediki, bahsida insofu himmat bo`lar edi. Uning lutfi qahri ichiga qorilgan bo`lib, qo`rsligi ezguligi orasiga qo`shilgan edi»1.1 Temur ahlu hunarni ham do`st tutardi. Ibn Arabshoh yozadi: «Temur har qanday hunar va kasb bo`lmasin, agar unda biron fazilat va sharofat bo`lsa, kasb egalariga g`oyatda mehr qo`yar edi». Ibn Arabshoh: «U masharabozlarni yoqtirmas edi. U tabiatan masharaboz va shoirlarni yoqtirmas, munajjimu tabiblarni o`ziga yaqin tutib, ularning gaplariga etibor qilar va so`zlarini tinglar edi». «Temur tuzuklari» da o`qiymiz: (Qatiylik, chidamlilik, hushyorlikda tengi yo`q odam edi). Hazrat sohibqiron aytgan «qatiylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay».22 «Donishmandlar deyishmishkim, o`rnida qo`llangan tadbir bilan ko`plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj askarni engib bo`lur, tajribada ko`rilgankim, azmi qattiq, tadbirkor, hushyor, urush ko`rgan, mard, shijoatlik bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali va tadbirli bir kishi minglab odamlarga ish buyuradi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Kengashda gap ko`pligini hazrat sohibqiron yaxshi bilardi: «Kengashi ikki turli bo`lur. Biri – til uchida aytilgani. Ikkinchisi dildan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog`iga quyardim...Kengash ahlidan kimki kuyinib maslahat bersa, quloq solardim, kimki oqilona gapni keskinlik bilan so`zlasa, uni diqqat bilan tinglardim...Hammadan kengash so`rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon taraflari haqida o`ylab ko`rgandan keyin, to`g`ri va savoblirog`ini tanlab olardim». Amir Temur kechirimli odam edi. «Tuzuklar» da o`qiymiz: «Amir Husayn qo`limga asir tushib qolgandan keyin uning navkarlari va odamlari «Temurbek endi bizni o`ldiradi», deb gumon qilgan edilar. To`g`ri boshda niyatim ularni o`ldirish edi, keyincha «axir ular askarlar-ku», deb ularni avf etdim va yana askarlikka tayinladim. Badaxshonda hokim bo`lib turgan ularning bosh amiri ko`p martaba jangda men bilan yuzma-bz kelib, qilich chopishgan kishi edi. Amir Husayn qatl etilganini eshitgandan keyin, mening qahrimdan qo`rqib, o`zini sergak tutdi. Bordiyu uni tutish uchun qo`shin yuborsam, to`g`ri ish qilmagan bo`lur edim. Shuning uchun o`zimni uni unutganday tutdim va uning borasida ushbu tadbirni ishlatdim: majlislarda, o`ltirish va yig`inlarda uni yaxshi so`zlar bilan yod etib, mardligi va bahodirligini maqtadim. Do`stlari «Amir Temur senga nisbatan marhamat va inoyat maqomida turibdur», deb xat yozib yubordilar. Oxiri u zorlanib menga xat yubordi va inoyatu marhamatlarimdan umidvor bo`lib, panohimga keldi».11 Amir Temurning el-yurt oldida qilgan yaxshi ishlari. Hazrat sohibqiron butun hayotini yurt iva xalqining tinchligi va faravonligi uchun sarfladi, elim deb, yurtim deb yonib yashadi. Uning el-yurti oldida qilgan xizmatlari juda katta. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Amir Temurning jahon oldidagi xizmati ham nihoyatda kattadir. Bulardan bazilarini tilga olib o`tamiz. 1) XV asrda fransuzlar hazrat sohibqironga oltindan haykalcha quydirib, unga «Ovrupo xaloskoriga» degan so`zlarni yozdirtirib, Parij muzeylaridan biriga quydirishgan ekanlar. Keyincha oltin haykalchani o`g`irlab ketishdi, lekin shuhrati so`nmadi, bag`ishlov so`zlar hozirgacha hammaning esida. Xo`sh, Amir Temur va uning yurtdoshlariga bu qadar ulkan shuhrat keltirgan narsa nima bo`ldi ekan, o`zi? XIV asrning o`rtalarida turk sultoni O`rxun ( ) otasi sulton Usmonning bosqinchilik siyosatini davom ettirib, Vizantiyaning bir qator mustahkam qalalarini bosib oldi, Nikeyani egalladi. So`ng flot qurib, Ovrupo sohiliga o`tdi. O`rxunning taxt vorisi Sulaymon posho vafotidan keyin Bolqon yarim orolidagi erlarga hujum boshlandi. Sulton Murod davrida ( ) turklar 1363 yili Bulg`oriyaning Filipponol (Plovdiv), Sofiya, Shumen, Nish va boshqa bulg`or va serb erlarini tasarrufiga kiritib oldilar. XIV asrning 80-yillariga kelib turklar Albaniya hududlarigacha borib etdilar, Serbiya bilan Bulg`oriyaning katta qismini o`zlariga bo`ysundirdilar yili Sulton Murod I 30 ming kishilik turk armiyasi bilan Kosovo poleda serblar, xorvatlar va bosniyaliklarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirdilar yillari turklar Bulg`oriya, Makedoniya va Fessaliyani ham tiz cho`ktirib, Moreya bilan Vengriya hududlarigacha borib etdilar. Evropa xavf ostida qoldi, xususan Fransiya, Germaniya, Vengriya hukmron doiralarini tahlikaga soldi. Ular kelishib, Turkiyaga qarshi salb yurishi uyushtirdilar. Bu ishning tepasida Rim papasi, Fransiya qiroli Karl VI va Vengriya qiroli Sigizmund turdilar. Tish-tirnog`igacha qurollangan fransuz, venger, polyak, nemis jangchilari bilan Boyazid Yildirim boshliq turk askarlari o`rtasidagi janglar 1396 yil 25 sentyabr kuni Bulg`oriyaga qarashli Nikopol shahari yonida sodir bo`ldi. Salbchilar bu safar ham mag`lubiyatga uchradilar1.1 Xullas, shundan keyin Ovrupo katta xavf-xatar ostida qoldi, Temur saroyini Ovrupo mamlakatlarining elchilari bosib ketdi. Ular oxiri Amir Temurning qo`li bilan qudratli Turkiyaning harbiy-siyosiy salohiyatini sindirdilar yilning 20 iyulida Anqara yonida bo`lgan urushda Boyazid Yildirim tor-mor etildi. Bu bilan Amir Temur Bolqon mamlakatlari xalqini, balkim butun Ovruponi turklar istilosidan saqlab qoldi. 2) 1380 yilning 8 sentyabri kuni rus knyazlari Moskva knyazi Dmitriy Donskoy boshchiligida Don bo`yida Oltin o`rdaning qudratli amirlaridan birini – amir Mamayni engdilar. Bu voqea ko`pdan beri mo`g`ullar asoratida kun kechirgan Rossiyada katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Lekin oradan bir yil o`tar-o`tmas Moskva ostonalarida Mamaydan kuchliroq Oltin o`rdalik sarkarda – To`xtamishxon ( ) paydo bo`ldi. Knyaz Dmitriy Donskoy Kostromaga qochib qoldi. To`xtamish o`shanda nafaqat Moskvani (1382 yil 16 avgustda), balki Yurev, Zvenigorod, Mojaysk, Borovsk, Ruza, Dmitrov va Rossiyaning boshqa shaharlarini ham egalladi. Bir so`z bilan aytganda, Rossiya yana mo`g`ul asoratiga tushib qoldi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Temur davlati o`z davrida nisbatan markazlashgan davlat edi. Bu davlat, asoschisi (Amir Temur) ko`zda tutganday, mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar (sayyidlar va ruhoniylar, olim va fozil kishilar, ahlu hunar, ziroatchilar, sipohiylar, savdo-sotiq ahli va boshqalar) ning maqsad va manfaatlarini himoya qilishi, maslahat va kengash ila qattiq qo`llik bilan boshqarilishi kerak edi. Bu – davlat tuzishda amal qilish zarur bo`lgan birinchi shartdir. Davlatni shakllantirishda amal qilish lozim bo`lgan ikkinchi shart-sharoit - bu saltanatning to`rt asosiy ustunini to`g`ri anglash va unga suyana bilish. Bu ustunlar quyidagilar: 1) Islom va shariat aqidalari; 2)qadimdan amalda bo`lgan odatlar – yo`sin va tuzuklar; qonun ustuvorligi; 3) xazina; 4) raiyat, yani mehnatkash xalq.11 Amir Temur saltanatning shu to`rt ustuniga suyanib ish tutdi va davlatini shakllantirishda, uni boshqarishda shu ustunlarga suyana bildi. El-yurtning taqdiri, raiyatning turish-turmushi ko`p jihatdan markaziy davlat tuzumi, uning shahar, viloyat, tuman va katta-kichik qishloqlardagi idoralarining ish yuritishiga bog`liqdir va yana o`sha muassasa va idoralarda xizmat qilib turgan mansabdorlarning nasl-nasabli, imon-insofli, tadbirkor bo`lishlariga ham bog`liq. Amir Temur davlat tizimini shakllantirishda shunga ham alohida etibor berdi. Masalan, hukumatning ijroiya muassasalari (devonlari) ni boshqarib turuvchi vazirlar, Amir Temurning fikricha, to`rt sifatga ega bo`lishlari talab qilingan Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH AMIR TEMUR DAVLATIDA BOShQARUV TIZIMI

Birinchisi - asllik va toza nasllik; Ikkinchisi – aql-farosatlilik; Uchinchisi - sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo`lishlik; To`rtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Vazirlikka tayinlash, unga el-yurtning inon-ixtiyorini topshirish xususida hazrat sohibqironning aytgan mana bu uqdirishlari ham muhimdir: «Kimki shu to`rt sifatga ega bo`lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb bilsinlar, uni vazir yoki maslahatchi qilib tayinlasinlar, mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to`rt imtiyoz: ishonch, etibor, ixtiyor va qudrat (hokimiyat) berilsin»2.2 Amir Temur mahalliy hokimiyatlarda ham imon-insofli, ishbilarmon odamlarni qo`ydirdi, ulardan el-yurtni muhofaza qilish, raiyatning mol-joninihimoya qilish, uni soliq undiruvchilarning zulmidan himoya qilish, yurtni obod qilish, viloyatdan o`tayotgan savdo karvonlarini qo`riqlashni qattiq talab qiladi. «Tuzuklar» da o`qiymiz: «Mahalliy hokimlardan katta-kichik shaharlar va qishloqlarda masjid, madrasa va xonaqohlar bunyod etish, faqiru miskinlar uchun langarxonalar1 qurish, bemorlar uchun shifoxonalar qurish topshirilsin». Hazrat sohibqironning mana bu uqtirishlari ham muhimdir: «Amr qildimki, raiyatdan mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solib qo`yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo`yishdan saqlanish lozim. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi, o`z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi».1 Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Temuriylar davlatining tizimi ham, avval o`tgan davlatlar tizimi singari, ikki qismga: qonun chiqaruvchi va ijroiya tizimlariga bo`lingan. Qonun chiqaruvchi tizim qurultoy atalib, u asosan yirik turk-mo`g`ul qabilalarining yo`lboshchilari ishtirokida o`tgan va oliy hukmdor istagan paytda chiqarilgan. Qurultoy urush va sulh, oliy hukmdorning (podshoh, xon) saylanishi kabi masalalarni muhokama qilgan va qonunlashtirgan. Ijroiya tizimi devonlar va boshqa oliy davlat idoralaridan iborat bo`lgan. Davlatning ijroiya tizimi (devonlar) qurultoy qabul qilgan qarorlarni, podshoh farmonlarini va davlatning kundalik yumushlarini hayotga tatbiq etgan. Tarixiy manbalarda xususan «Tuzuklar» da aytilishicha, Temur davlatini quyidagi to`rt vazir boshqargan. 1) Mamlakat va raiyat vaziri – mamlakatning muhim va kundalik ishlarini ado etgan; raiyatning ahvolini nazorat qilib turgan, viloyatlardan yig`ilgan kirim-chiqim, Oliq-soliqlar va ularni taqsimlash, mamlakat obodonchiligi va riyatning farovonligini, mamlakatning umumiy ahvolini nazorat qilib turuvchi vazir bo`lgan. Uni bosh vazir (vaziri azam) deb atash mumkin. U bosh bo`lgan muassasa esa devoni oliy deb atalgan. 2) sipoh vaziri – sipohiylarning umumiy ahvoli, ularni yurishlar oldidan to`plash, joylashtirish, oziq-ovqat va harbiy aslaha bilan taminlash, ularning maoshi va nafaqalarini o`z vaqtida etkazib berish bilan shug`ullangan. U bosh bo`lgan muassasa devoni tavochi deb atalgan. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Amir Temur saltanatini turt ulusga bo`ldi. Tungich o`g`li Jahongirga Balx viloyati, ikkinchi o`g`li Umarshayxga Fors viloyati, uchinchi o`g`li Mironshohga Ozarbayjon, Irok va Armaniston, turtinchi o`g`li Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seyiston berildi. Temur vafotidan so`ng Xurosonda Shohrux, Balx, G`azna va Kandaxorda Pirmuhammad, G`arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o`g`illari Umarshayx Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlak bo`lib oladi. Sirdaryodan shimolda joylashgan mamlakatlar: Turkiston, Sarbon, Utror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. Uratepa bilan Farg`onani amir XVdoydod XVsayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin Urdaning nufuzli amirlaridan Idiku O`zbek egallab oladi1.1 Bu davrdagi yirik davlatlardan biri Amudaryodan janubda Shohrux davlati joylashgan bo`lib, uning markazi Xirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelgan Ulugbek davlati bo`lib, Samarqand uning poytaxti edi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI

Ulugbek davlati janubda amudaryo, G`arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashti (Markaziy qizilkum)ning Sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Signok va Utror shaharlari, Sharq va shimoli- Sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Ulugbek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb elon qilinsada, aslida uning hokimiyati, dastavval faqat Samarqand, Buxoro va nasaf viloyatlari bilangina cheklanadi. Chunki Shohrux avval boshdan Farg`onani to Uzgangacha Amirak Axmadga, Xisori Shodmonni Muhammad Jahongirga inom qilib, Ulugbekni birmuncha cheklab kuyadi. Buning ustiga Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrufida edi. Usha vaqtda u na ulugbek va na Shohruxni tan olardi. Shuning uchun ham xali mamlakat notinch edi. Mamlakatda malum darajada hokimi mutlak bo`lib olgan Ulugbek endilikda Farg`onani amakivachchasi Amirak Axmad kulidan tortib olib, bu o`lkada uz hukmronligini urnatishga intiladi. Uz maqsadini amalga oshirish uchun dastlabki mustaqil harakatni 1414 yilda Farg`onaga yurishdan boshlaydi. Ulugbekning qo`shiniga bas kelolmagan Axmad jangsiz Andijon va Axsini topshirib, Ush va Oloy orqali Qashg`arga kochadi. Ulugbek 1415 yilda Farg`onaga ikkinchi marta qo`shin tortadi. Ulugbek otasining rizoligi bilan 1425 yilning erta bahorida Mo`g`uliston ustiga yurish boshlaydi. Issikkul yaqinidagi tuknashuvda Ulugbek mo`g`ullar ustidan galaba kozonadi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

Ulugbek umrining oxirlarida XV asrning yillarida otasi Shohrux bilan Dashti qipchoqning Sharqiy qismida istikomat kiluvchi aholini o`ziga bo`ysundirgan Abulxayrxonga Qarshi kurashishga to`g`ri keladi ( ). Bu ko`chmanchilar har yili kish faslida Movarounnahrga bostirib kirib, o`troq aholini gorat qilib qaytardilar. Masalan, Abulxayrxon etakchiligida 1431 va 1435 yillari Xorazmga bostirib kirib, uning G`arbiy qismini Urganch bilan qo`shib zabt etadilar. Birok Dashti qipchoq ko`chmanchilari va Abulxayrxon bilan kurashish Ulugbek va Shohrux Mirzolar uchun engil kechmaydi1.1 Shohrux vafotidan keyin avj olib ketgan siyosiy kurash shuhratparast va razil Abdullatifni jaholatparastlik botkogiga botirib kuyadi. Uni ezuv insonga, uz otasining kotiliga aylantirib kuyadi. Ulugbek katl etilib, oradan bir necha kun utgach, taxt davogarlaridan kutilish maqsadida u uz inisi Abdulazizni hamda otasiga sodik bo`lgan amirlarni uldirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toju taxtini batamom egallab oladi. Garchi hokimiyat Abdullatif va uning tarafdorlari tomoniga utgan bo`lsa ham, bu kattol padari buzrukvori taxtida uzok vaqt o`tirolmaydi. Oradan olti yarim oy utar utmas, Abdullatifga Qarshi saroyda fitna uyushtiriladi, u 1450 yil 9 may kuni uldiriladi. Bu kabix kotilning kallasi tanasidan judo qilinib, Registon maydonida Ulugbek madrasasining peshtokiga osib quyiladi. Temuriylar davlatining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nevarasi Abulkosim Bobur tasarrufida edi yilgacha u Xurosonni uz kulida tutib turadi. Har ikkala davlatlar o`rtasida nizo kuchli bo`lib, Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib ketadi. Temuriylar davri muarrixlarining ezishicha, bu davrda Xuroson 11 bo`lakka ajralib ketadi. Ular o`rtasida urush-talashlarning tuxtovsiz davom etishi, aholining moddiy va manaviy hayotiga kattik putur etkazib, iqtisodiy jihatdan davlatni nihoyatda tang axvolga tushirib kuygan edi. Abulkosim Bobur Xurosonni batamom uz tasarrufiga kirita olmagan bo`lsa ham, har holda mayda feodallarning mustaqil hokimligiga barham beradi. Birok 1457 yilda Abulkosim Bobur vafot kilgach, vaziyat yanada mushkullashadi. Xorazmni egallab olgan Sulton Xusaynning isenlari hammadan ko`proq tashvishlantiradi. Bu davrda Xirot taxti Abusaid kulida edi. Abusaiddek kuchli hokimga Qarshi kurashish kiyin bo`lsada, Sulton XVsayn XV asr 6-yillarida Xurosonda paydo bo`ladi yilda Abusaid Ozarbayjon, G`arbiy Eron va Irokkacha bo`lgan viloyatlarni egallab turgan turmknalarga Qarshi yurish qiladi. Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH

. 2 Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O., Norqulov N. Ozbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti – T.:Akademiya, b. 1 Salomov G., Karomatov X. Sohibqiron Temur fojeasining sarchashmalari. Sharq yulduzi Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O., Norqulov N. Ozbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti – T.:Akademiya, b. 1 Salomov G., Karomatov X. Sohibqiron Temur fojeasining sarchashmalari. Sharq yulduzi Somon yoli. Amir Temur hayotiga bagishlangan – T., Yazdiy Sh.A. Zafarnoma. – T.:Kamalak, 1994 Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Etiboringiz uchun rahmat Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud BotirovMakhmud Botirov EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH.