Amir Temurning harbiy yurishlari Temuriylar sulolasi Moveraunnahr Amir Temur (1370 - 1405) Shohruh (1405 - 1447) Ulug`bek (1447 - 1449) Bobur (1449 - 1457)

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Amir Temurning harbiy yurishlari Temuriylar sulolasi Moveraunnahr Amir Temur ( ) Shohruh ( ) Ulug`bek ( ) Bobur ( )
Advertisements

Транксрипт:

Amir Temurning harbiy yurishlari Temuriylar sulolasi Moveraunnahr Amir Temur ( ) Shohruh ( ) Ulug`bek ( ) Bobur ( ) Maxmud ( ) Abu Said ( ) Yadig`or Mohammad ( ) Xuseyn Bayqara ( ) Badi O`z-Zamon (1506) Shohruh Ulug`bek Bobur Maxmud Abu Said Yadig`or Mohammad Xuseyn Bayqara Badi O`z-Zamon MAVZ:

Reja: Kirish : Asosiy qisim: Xulosa: 1.2.Amir temurning nasl nasabi, fazilatlari, ishlari, odatlari. 1.1.Amir Temur haqida umumiy malumot Movarounnahrni birlashtirish yolidagi dastlabki qadamlar 2.1. Movarounnahrni birlashtirish yolidagi dastlabki qadamlar 2.2. Amir Temur yurishlarining boshlanishi 2.3. Salb yurishlari Amir Temurning jahon oldidagi xizmati

Ulug` bobomiz Amir Temur ko`hna shahar Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg`or qishlog`ida 1336 yil 9 aprel kuni tug`ilgan. Otasi Tarag`ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo`lgan barlos qavmidan chiqqan o`rtahol beklardan bo`lib, Chig`atoy xonlaridan Qozonxon ( ) lashkarida xizmat qilardi. Xoja ilg`or qishlog`i va uning tevarak-atrofidagi erlar unga mulk hisoblanardi. Onasi Takina begim ham naslu nasab jihatdan aslzodalar jumlasidan edi. U Buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo`lgan Ubaydulla Masudning avlodi (1350 y. vafot etgan) edi. «Nasabnoma» larda va Amir Temurga bag`ishlangan tarixiy kitoblarda uning shajarasini Nuh payg`ambar va uning avlodi Turkxonga (Yofas o`g`longa) bog`laydilar. O`sha «Nasabnoma» larda va tarixiy kitoblarda, masalan, Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida bunday deyiladi: «Tuminaxonning egizak o`g`illari bo`lgan. Birinchi ismi Qobilxon, ikkinchisi Kochuli bahodir». Chingizxon ham Temurbek kabi Turkxon (Yofas o`g`lon) ning avlodi, ikkinchidan, uning onasi turk-nayman qabilasiga mansub bo`lgan. Bir eski tarixiy kitobda o`qiganim bor. Unda Chingizxonni ko`k ko`z mo`g`ul deb atashgan. U oq yuzli va ko`zi ko`k odam bo`lgan ekan. Xitoy solnomalarida aytilishicha, hozirda mashhur Xitoy devorining shimol tarafida qadimda istiqomat qilgan xalqlar «ko`k turklar» deb atalgan. Lekin «Nasabnoma» lar va shajaralar hamda vaqt ham ishonchli manba bo`lolmaydilar, chunki tarixchilar o`z podsholarini ilohiylashtirish maqsadida shunday qilganlar. Masalan, Amir Temurning ajdodi aslida harbiy kishilar bo`lganlar. Kachuli bahodir, Sug`u Chechan, Qorachor no`yon va boshqalar. Chingizxon va uning vorislari zamonida qo`shinga qo`mondonlik qilib o`tganlar. Amir Temur ( )

Temurbekning bolaligi va yoshligi qanday kechganligi haqida o`sha zamonlarda yozilgan kitoblarda aniq malumot yo`q. Lekin bizda qadimdan xonzodalar, shahzodalar va bekzodalarning talim-tarbiyasiga alohida etibor berilgani malum. Ularga to`rt yoshidan boshlab talim berish boshlangan. Ularga shu yoshdan boshlab xat-savodini chiqaruvchi muallimlar va xotirasi va fikrlash salohiyatini oshiruvchi maxsus qissaxonlar biriktirilgan. Qissaxonlar xonzoda, shahzoda yoki bekzodadan atigi 6-8 yosh katta bo`lishgan va birga o`ynashib yurganlar. Endigina to`rtga kirgan Muhammad Tarag`ay (Ulug`bek)ga biriktirilgan Hamzaning yoshi 12 da bo`lgan. U keyincha katta olim bo`lib etishdi va Shayx Ozariy nomi bilan shuhrat topdi. O`ylaymizki, Tarag`ay Bahodir birmuncha kambag`allashib qolganiga qaramay, o`g`lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o`qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o`rgatgan, albatta. Ov va harb ilmlari xonzoda, shahzoda va bekzodalarga maxsus o`rgatilgan. Negaki, bu ikki ilm ularni yoshlikdan chiniqtirgan. Bu ikki ilmni o`rgatish uchun maxsus ustozlar yollangan. Shahzodalar va bekzodalar ot chopish, nayza sanchish, o`q otish, chovgon o`ynash, qilichbozlik kabi harbiy sanatlardan talim olganlar. Va yana ularni yoshlikdan saltanat tebratish ilmiga ham o`rgatganlar. Bunga o`sha zamonlardan qolgan «Suluk ul-muluk» («Podsholarga qo`llanma»), «Tuzuklar» va boshqa nomlar bilan etib kelgan kitoblar guvohlik beradi. Bu kitoblarda amaldorlarni tanlash va o`z o`rniga qo`yish, hukumat ishlarini yuritish, tabaqalarning arz-shikoyatlarini eshitish, hukm chiqarish kabi davlat amallarini ado etish kasbi tushuntirib berilgan. Temurbek ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Amir Temurning hayot paytida chizdirgan maxsus surati yo`q. Lekin zamondoshi Ibn Arabshohning so`z bilan ifodalan murati bor. U Temurning shaklu shamoilini bunday tasvirlaydi: «Temur qaddi-qomati kelishgan, baland bo`yli, tik qomatli, keng peshonali, kallasi katta, bag`oyat kuchli, salobatli, yuzi oq-qizildan kelgan, lekin bironta dog`i yo`q, bug`doy rang emas, qo`l-oyoqlari baquvvat, elkalari keng, barmoqlari yo`g`on, boldir va poychalari semiz, qaddu qomati kamoliga etgan, sersoqol, ikki ko`zi bamisoli sham bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rqmas, qartayib qolgan bo`lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to`la va pishiq, xuddi tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, o`yin- kulgiyu, ko`ngilxushlikka maylsiz, garchi (so`zda) o`ziga ozor etadigan biron narsa bo`lsa hamki, sadoqa tunga yoqar, maqulroq edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas edi va o`ziga hosil bo`ladigan yutuqdan shodlanmas edi

Ibn Arabshoh: «Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyid shariflarni o`ziga yaqin tutardi. Ulamo va fozillarga to`la izzat ko`rsatib, ularni har qanday kimsadan tamom muqaddam ko`rar edi. Ularning har birining o`z martabasiga qo`yib, izzat- ikromi va hurmatini unga ochiq izhor qilardi. Ularga nisbatan o`z muruvvati bisotini yozar ediki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs yuritar ediki, bahsida insofu himmat bo`lar edi. Uning lutfi qahri ichiga qorilgan bo`lib, qo`rsligi ezguligi orasiga qo`shilgan edi» Temur ahlu hunarni ham do`st tutardi. Ibn Arabshoh yozadi: «Temur har qanday hunar va kasb bo`lmasin, agar unda biron fazilat va sharofat bo`lsa, kasb egalariga g`oyatda mehr qo`yar edi». Ibn Arabshoh: «U masharabozlarni yoqtirmas edi. U tabiatan masharaboz va shoirlarni yoqtirmas, munajjimu tabiblarni o`ziga yaqin tutib, ularning gaplariga etibor qilar va so`zlarini tinglar edi». «Temur tuzuklari» da o`qiymiz: (Qatiylik, chidamlilik, hushyorlikda tengi yo`q odam edi). Hazrat sohibqiron aytgan «qatiylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay». «Donishmandlar deyishmishkim, o`rnida qo`llangan tadbir bilan ko`plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj askarni engib bo`lur, tajribada ko`rilgankim, azmi qattiq, tadbirkor, hushyor, urush ko`rgan, mard, shijoatlik bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali va tadbirli bir kishi minglab odamlarga ish buyuradi.

Amir Temur o`tkir fikrlovchi, farosatli, ziyrak, do`st-dushmanni bir qarashda ajrata biladigan, mard va haqgo`y kishilarni yoqtiruvchi, donov a katta hayot tajribasiga ega bo`lgan kishilarni do`st tutar, xoinlikni va xoinliklarni yomon ko`rardi. Hazrat sohibqiron fel-atvori durust, xullas yaxshi kishi edi. Ibn Arabshohning sozlariga kora: «U sinchkov, har bir ishoratdan ogoh kishi bo`lib, yuz berishi mumkin bo`lgan hodisalarni ko`rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o`tmas, o`z farosati bilan haqgo`y va yolg`onchini ajratar edi. Ziyrakligi bilan haq nasihatgo`ydan sohta nasihatgo`yni ajrata olar, o`z fikri va idroki bilan sal bo`lmasa «o`char yulduz» ni to`g`ri yo`lga solib yuborar, o`z farosati va mulohazalari bilan bexato aylanib turgan sayyora o`qini o`z orqasidan ergashtira olar edi» Hazrat sohibqiron mard kishi edi: «Temur qo`rqmas, shijoatli, botir kishilarni o`z orqasidan ergashtiruvchan bo`lib, jasoratli, dovyurak va mard kishilarni yoqtirar edi. Ularning yordamida dahshatli joylarni fath etib, sheryurak odamlarni asirga tushirar, o`lja qilar, ularning zarbalari bilan baland tog` cho`qqilarini ham vayron qilardi. Arabshohdan: «Uning majlislarida uyatsiz gaplar, qon to`kish, asir olish, g`orat qilish va ayollar xususida haqoratli so`zlar aytilmas edi. Temur tengi yo`q fel-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo`lib, tafakkur dengizining qari yo`q, tadbiri tog`iga na tekisligu, na o`ydim-chuqur orqali yo`l topilar edi, ilm ahliga mehribon edi».

Amir Temuriylar Davlatining 1405 yildagi haritasi

Movarounnahrni birlashtirish yolidagi dastlabki qadamlar Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo'lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlangan. Buning sababi XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o'zaro kurashi kuchayib, Amir Qazog'on o'ldiriladi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, har jihatdan og'ir tanglik sodir bo'ladi. Bu davrda Chig'atoy ulusining sharqiy qismi Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo'ng'ul xonlari Movarounnahrdagi og'ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o'lkada o'z hokimiyatini o'rnatishga harakat qiladilar. Mo'ng'ul xonlaridan Tug'luq Temur ( ) yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Mo'ng'ul xonlarining g'orati vayronagarchilik yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bolib mo'ng'ul bosqin-chilariga qarshi kurashga jur'at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o'tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib o'zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlosdek bahodirbek Xurosonga tomon qochadi.

Mo'ng'ullarga qarshi turish uchun kuchlarning teng emas-ligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360-yilning boshida Tug'luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan Kesh viloyatini butunlay qo'ldan chiqarib yubormaslik maqsadida xon xizmatiga o'tadi. Natijada Tug'luq Temurning yorlig'i bilan o'z viloyatining dorug'asi etib tayinlanadi. Shubhasiz, bu noilojliklardan qo'yilgan siyosiy va strategik qadam edi. Bu bilan Amir Temur mo'ng'ullarning navbatdagi talonini oldini olib, mamlakat va xalqni bunday halokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayinlangan Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi to'g'ri kelmaydi. Shu sababli 1361-yilning oxirida mamlakatni tark etishga majbur bo'ladi. U Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Husayn bilan ittifoq tuzadi. Ularning ittifoqligi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Amir Temur va Husayn avval boshdanoq movarounnahrlik isyonkor amirlarga qarshi ichki, so'ngra esa mo'ng'ullarga qarshi kurash olib boradilar yilda Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida Temur va Husayn umumiy dushman ustidan g'alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo'ng'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.

Movarounnahr mo'ng'ullardan ozod qilinib, bu qadimiy diyorda mustaqil davlat barpo etilgan bo'lsa-da, biroq mamlakatda hali barqaror tinchlik o'matilgan emas edi. Bir tomondan, ayrim viloyat amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan boshtortib turgan bo'lsalar, ikkinchi tomondan, mamlakatning sharqiy va shimoliy hu -dudlari notinch edi. Mo'ng'uliston bilan Oq O'rda, Sharqiy Far - g'ona, O'tror, Yassi (Turkiston) va Sayrarn shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon- toroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta'minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi yilning kuzi va 1371-yil bahorida Zinda Chashmga zarba berilib, Shiburg'on viloyati bo'ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hoki - miyatini tan oladilar.Bu orada Amir Temur Mo'ng'uliston hokimi Qamaruddin bilan to'qnashadi. Chunki bu davrda uning Movaroun- nahrga bo'lgan talonchilik xurijlari kuchayib ketgandi yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqinchilik qilib, shaharni talab qaytadi yilda esa Qamaruddin hatto Farg'ona vodiysining anchagina qismini bosib oladi. Mamlakatning shimoli- sharqiy hududlariga nisbatan muttasil bo'lib turgan tahdidni bartaraf qilish uchun Amir Temur Qamaruddinga zarba berishga kirishadi. Yigirma yil ( ) mobaynida Sohibqiron; Mo'ng'ulistonga yetti marta yurish qilib, Qamaruddin amir Anqoto'ra ustidan g'alaba qozondi. AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI

Amir Temurning harbiy yurishlari. Imperiyani tashkil topishi yildan Amir Temur amir deb e'lon qilinadi. Amir Temurni harbiy yurishlari tarixda «uch yillik» ( ), besh yillik ( ), «etti yillik» ( ) urushlar deb nom oladi. Temur 1381 yilda Xirotga yurish qiladi. Bu davrda Xirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. XIV asr 80 yillar o'rtalariga kelib butun Xuroson Amir Temur ihtiyoriga o'tdi yil 18 iyunida To'xtamish qo'shnilari yengdi. To'xtamish qo'shnining – Teren daryosi bo'yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy Berkaning xarob qilinishi Olti O'rdaga juda kuchli zarba bo'ldi. Shundan keyin u o'zini o'nglay olmadi. Amir Temurning bir mamamalakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqealari ko'rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba xujum qilib bordi va 1387 yilda uni bo'ysundirishga muyassar bo'ldi. Armaniston va Gruziyani 1392 yilda bo'ysundiradi.. Temurni uzoq Xindistonga yurishi 1398 yilda tamomladi. Soxibqiron Amir Temurni xarbiy maxorati shunda ediki, u o'z dushmanlarini erkin nafas olishga qo'ymagan yilda Amir Temur qo'shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faragi bilan kurash olib boradi yilda Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to'qnashadi va uni tor-mor etadi yilning oxirida Xitoyga qarab yo'lga chiqqadi. O'sha yili uni Markaziy Osiyo tarixida eng qaxraton qish bo'lgan edi yilda yanvar oyining o'rtalarida O'trorda to'xtashga qaror qiladi va shu yilda 18 fevral kuni buyuk Amir Temur vafot etadi.

Amir Temur yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik, yetti yillik urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik ( ) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koli atrofidagi yerlar egallandi. Amir Temur shu bilan birga shimoli-garbdan, ya`ni Oltin Orda tomonidan bolayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toxtamishga qarshi uch marta qoshin tortadi yilda Dizakning Achchiq mavzeida, 1391-yili Qunduzcha jangida, 1395-yil Tarak daryosi boyidagi janglarda galaba qozonib, dushman qoshinini tor-mor etdi. Amir Temurning Toxtamish ustidan qozongan galabasi, faqat Orta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Shundan song, Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. U besh yillik ( ) urushi davomida Garbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan gazovoti (1398- may yil mart) qariyb on bir oy davom etadi. Hindistondan u katta olja, shu jumladan 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. Oljalarning bir qismi qoshinga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga ishlatiladi yillardagi yetti yillik urush, eng shiddatli va eng yirik janglardan bolib, uning oqibatida Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston olkasi bilan Bagdod, shuningdek Turkiyaning kattagina qismi fath etiladi. Natijada ikki buyuk sarkarda: Sohibqiron Amir Temur bilan sulton Boyazid Yildirimlarning toqnashuvi muqarrar bolib qoladi. Chunki tobora kuchayib borayotgan bu ikki turkiy davlatlarning har biri ikkinchisi uchun nihoyatda kuchli raqibga aylangan edi.

Bir tomondan, Yevropa ritsarlariga qaqshatqich zarba berib, Bolqon yarim oroli boylab, garbga tomon oz hududlarini kengaytirayotgan Usmonlilar davlati uchun Amir Temurning markazlashgan kuchli davlatini qaror topishi qanchalik xavfli tuyulsa, Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayishidan Amir Temur ham shunchalik manfaatdor edi. Amir Temur hayot-mamot yolida Boyazid Yildirim bilan boladigan jangga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi. Nihoyat Rumga yuzlanib, avval Qamoh qal`asini fath etadi, songra Anqara shahrini qamalga oladi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qoshinlari ortasidagi songgi va hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida Chibukobod mavzeida sodir boladi. Bu jang tarixda Anqara jangi nomi shuhrat topadi. Uch kun davom etgan bu jangda Amir Temur galaba qozondi. Amir Temur Usmonli turklari davlatini saqlab qoldi va Boyazid vorislariga muruvvat qolini chozdi. Shunday bolsa-da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk galaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI ( ), Angliya qiroli Genrix IV ( ) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III ( ) tabriklab, unga oz muborak nomalarini yubordilar. Chunki Sohibqiron endigina uygonayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.

Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27- noyabrida 200 ming qoshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning tosatdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Tarixiy malumotlarga qaraganda, Amir Temur vafot etganda, uning xotinlaridan tortasi – Saroy Mulk xonim, Tuman ogo xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar ogo xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Amir Temur vafot qilgan vaqtda undan ikki ogil, 19 nevara va 15 chevara, jami 36 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt begim va katta qizi – Ogo begimdan tugilgan ogil – Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi. Tarixiy malumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur on sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham oz shabistoniga mahram qilgan. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Kopdan-kop harbiy yurishlar va jangu jadallarni amalga oshirdi. Kop mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qoltigiga qadar bolgan goyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don boylari, Balxash koli va Ila daryosi, Shimoliy Hindistongacha bolgan mamlakatlarni oziga boysundirdi. Bu mamlakatlardan Amir Temur katta oljalar bilan bir qatorda kozga koringan olimlar, hunarmandlar va mohir ustalarni Samarqand, Shahrisabz va Buxoroga kochirib olib keldi. Bu shahar va qishloqlar obod qilindi.

U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki boysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bagdod, Darband va Baylakon shaharlarini qayta tikladi. Karvon yollarida rabotlar, qal`alar, kopriklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog-u bostonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan Garbni boglovchi qadimiy karvon yollarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar ornatdi. Amir Temurning harbiy yurishlari, jang-u jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni takidlash kerakki, uning faoliyati qoyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bolinadi. Birinchi bosqich ( )da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yolida kurashdi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Orta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yolida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etdi. Amir Temur faoliyatining ikkinchi bosqichi ( )da olib borilgan uch yillik, besh yillik va yetti yillik harbiy yurishlarni amalga oshirib, Oltin Orda, Eron, Iroq, Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Hindistonni zabt etdi.

Amir Temurning jahon tarixida tutgan o'rni va uning ahamiyati. Amir Temur yo'l qurilishiga katta ahamiyat berdi. Yevropa mamlakatlaridan Xindiston-Xitoygacha olib boradigan va yerdan O'rta Osiyo orqali o'tadigan tarixda «Biy» deb atalgan xalqaro yo'lni barcha asosiy yo'nalishlarini egallab olgan Temur bu yo'lda karvonlarni xavfsizligini ta'minlash uchun tadbirlar ko'rdi. Mashriq hamda Mag'rib, ya'ni Sharq va G'arb o'rtasidagi savdo-sotiq munosabatlari har tomonlama rivojlanishiga e'tibor berdi. Amir Temur katta diplomat sifatida ham mashhurdir. U Vizaitiya, Venesiya, Genup, Fransiya, Angliya bilan ya'ni o'sha davrdagi ma'lum va mashhur bo'lgan Yevropa davlatlari bilan iqtisodiy aloqa o'rnatish va mustahkamlash sohasidagi faoliyatini rivojlandi. XV asrda Amir Temur ga «Evropa xalaskori» degan yodgorlik o'rnatilgan. XVI asrda K. Marro «Buyuk Temurlan» degan pesa yaratadi. A.G. Gendel XVIII asr boshida «Temurlan» degan opera yozadi. Akademik V.V. Bartoldning bir tomonlama, uning vayronagarchilik qilganligi haqida fikriga zid o'laroq Temurni buyuk sarkarda, davlat arbobi, bunyodkor va ijodkor ekanligini tan olishga majburmiz Chunki, Amir Temur tashabbuskor quruvchi edi, ulkan bog'u-rog'lari bilan o'radi, shahar va qishloqni tikladi, suv inshoatlari qurdirdi.

TemuriylarTemuriylar Davlatining 1405 yildagi haritasi Foydalanilgan adabiyotlar: