Reja: 1. Ogahiyning hayot yoli 2. Ozbek tarjima maktabi asoschisi 3. Gazallaridan namunalar 4. Alisher Navoiyga bagishlangan muxammas.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Reja: 1. Ogahiyning hayot yoli 2. Ozbek tarjima maktabi asoschisi 3. Gazallaridan namunalar 4. Alisher Navoiyga bagishlangan muxammas.
Advertisements

Транксрипт:

Reja: 1. Ogahiyning hayot yoli 2. Ozbek tarjima maktabi asoschisi 3. Gazallaridan namunalar 4. Alisher Navoiyga bagishlangan muxammas

Muhammadrizo Erniyozbek ogli Ogahiy barakali ijod qilgan sanatkor sifatida Navoiyga qiyoslanadi. Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlogida Erniyozbek mirob oilasida tugilgan. Shoir boshlangich malumotni Qiyotda olgan, keyin Xiva madrasalarida oqigan. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi.

Shoir 1845 yilda otdan yiqilib, oqsaydigan bolib qoladi va 1857 yilda miroblik vazifasidan istefo beradi. Mukammal mustazod kashfiyotchisi bolgan Ogahiy 1874 yilda 65 yoshida vafot etgan. Qolgan umrini ijodga bagishlaydi yilda Ogahiy amakisi Munisdan ajraldi, Olloqulixon uni Munis orniga mirob etib tayinladi.

Shoirning fors-tojik tilidan qilgan tarjimalari ham ozbek adabiyoti xazinasidan joy olgan. Bular: Mirxondning «Ravzat us safo», Muhammad Mahdiy Astrobodiyning «Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy», Z.Vosifiyning «Bad. vaqoye», Ali Gijduvoniyning «Miftoh ut tolibin», Muhammad binni Shayx Muhammmad Muqim Hirotiyning «Tabaqoti Akbarshohiy», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tazkirai Muqimxoniy», Rizoqulixon Hidoyatning «Ravzat us safoyi Nosiriy»,

Kaykovusning «Qobusnoma»,Muhammad Vorisning «Zubdat ul hikoyot», «Sharhi daloyil al hayrat», S.Sheroziyning «Guliston»,A.Jomiyning «Yusuf va Zulayho», Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado»,Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar» kabi asarlardir. Bu tarjimalar Ogahiyning nafaqat shoir, davlat arbobi, balki yetuk tarjimon ham bolganligini korsatadi. H.Voiz Koshifiyning «Axlloqi Muhsiniy»,

Asarlari: «Firdavs ul-iqbol», «Zubdat-ut tavorix», «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jome ul voqeoti sultoniy», «Shohidi iqbol» kabi tarixiy asarlari, «Tavizul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 19 janrdagi asarlar mavjud) devoni, «Ustina» (rajaz bahrida yozilgan), «Bizki bukun...», «Arzimas», «Navroz», «Choy», «Bolmasa bolmasun, netay» (Navoiy gazaliga nazira, radd ul-matla, radif shakliy va mazmuniy mukammallikni taminlagan), «Donoyi oliyjohlar» (davlatchilik, davlatni oqilono boshqarishdan, amaldorlar qanday bolishi kerakligidan bahs etuvchi gazali) kabi sherlari, «Ogohnoma» qasidasi (M. Rahimxon II (Feruz) ga bagishlangan) va boshq.

Oshiq o'lding,ey ko'ngul,joning kerakmasmu sanga? O'tg'a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga? Istabon ul yuz tamoshasini ko'zdin damba-dam, Qon to'karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga? Hardam kerakmasmu sanga? O'zgalarga iltifoting aetkung orzu kofir ko'zi nazzorasin, Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga? Lutfung etding xasta ko'nglimdin darig', ey shohi husn, Bu gadoyi zori hayroning ylading maxsus, bu Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga? Sel g'amdin xonavayron o'ldimu yod etmading, Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga? Ogahiy holin ko'rub doim tag'ofil qilg'osan, Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?

Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista, Chekib tig'ini aylar qasdi jon ohista-ohista. Jafosi zo'ridin ikki ko'zimdan oqdi daryolar - Ki, qolg'oy ostida oning jahon ohista-ohista. Ulusga aylagan zulmin ko'rib ondin hazar qilmay, Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista. Bo'lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo'lsa, Guliston balki gulzori junon ohista-ohista. To'la burjom tut lutf aylab,ey soqiyki, bu g'amdin Qutulg'oyman ichib man notavon ohista-ohista. Vafo yo'q dahr bog'ining guliga berma ko'nglungni, Bugun tongda ketar, ey bog'bon, ohista-ohista. Emas gardunda ra'd ovozikim hijron tuni ichra, Erur ul Ogahiy chekkan fig'on ohista-ohista.

Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas, Dami yo'qkim yamonlar majmaida mustamand etmas, Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir lahza band etmas, Mani man istagan o'z suhbatida arjumand etmas, Mani istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas. Fig'onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah, Qayon borsam bo'lurlar g'ulvashlar hamdamu hamrah, Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah, Na bahra,topg'oman ondinki mandin istagay bahra, O'zi ham bahramand o'lmas,mani ham bahramand etmas.

Ko'zi zahri esa har nechakim moyil mamotimg'a, Labi shahdi edi rog'ib o'limdin ham najotimg'a, Bu dam vosil iymon ul qotili Iso sifotimg'a, Netoy huru pari bazminki qatlim yo hayotimg'a, Ayon ul zahr chashm aylab nihon bu no'sh xand etmas. Chiqo olmay ko'ngul hayrondur usru shomu furqatdin, To'kar ashkini ko'z ham intizori subh vaslatdin, Iloji bo'lmasa ul mahvashi xurshid tal'atdin, Kerakmas oy ila kun shaklikim husnu malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas,tanim bu band-band etmas.

Bugun chobaklar ichra yo'q edi ul shahsuvorimkim, Birini qilmadi manzur chashmi ashkborimkim, G'ubor oso netong gar qolmasa sabru qarorimkim, Kerak o'z chobaku qotilvashu majnun shiorimkim, Buzuq ko'nglimdin o'zga yerda javlon samand etmas. Savod zulfini ko'rgach yumar Ogahiy tun deb ko'z, Yuzig'a nozir o'lg'och ham tutar qo'l birla kun deb ko'z, Ko'ngul, hayratg'a qolma ko'rmas oni ne uchun ko'z, Ul oy o'tlug' yuzin ochsa Navoiy tegmasun deb ko'z, Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra pisand etmas.