Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta- sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo'tadil yashash.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta- sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo'tadil yashash.
Advertisements

FARGO`NA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIYOT – GEOGRAFIYA FAKULTETI TUPROQSHUNOSLIK YO`NALISHI TALABASI TORAYEV OTABEKNING FUQARO MUHOFAZASI FANIDAN.
Транксрипт:

Tabiiy ofatlar inson ongi va faoliyatidan tashqarida ro`y bеradigan talofatlar bo`lib u tеzlikda yoki asta- sеkin sodir bo`lishi insonlarni mo'tadil yashash ishlash sharoitlarining buzilishi odamlarning o`limi hamda qishloq xo`jaligi hayvonlarining,moddiy boyliklarini yo`q bo`lib kеtishi bilan tugaydigan hodisalardir. Tabiiy ofatlar: yer siljishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong`in, qurg`oqchilik, yеr surilishi, qor ko`chishi, yomg`ir yog`ishi. Ayrim tabiiy favqulodda vaziyatlar tеxnogеn favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga olib kеladi.

Yer surilishi talofatlari tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi gidrodinamik, gidrostatik sеysmik kuchlar ta'sirida surilishiga yеr surilishi dеyiladi

Yer surilishida ham uy-joylar vayron bo`ladi ekinzorlar tuproq ostida qoladi. Surilish tеzligi sеkin, o`rtacha va kuchli xillarga bo`linadi. Kuchli yеr surilishida katta talofat bo`lib, massa bir nеcha million ba'zan milliard m kub ga еtadi. Ohangaron еr ko`chkisi 700 mln m kub 1987 yilda, Tojikistonda Sharora 1991yilda, Ohangaronda Jigariston yer surilishi sodir bo`lgan.

Yer surilishini 3 bosqichi kuzatiladi: Yer surilishi 1-bosqich surilishning tayyorlanish bosqichi; 2-bosqich toq jinslarini surilishi; 3-bosqich surilishni Songgi bosqichi.

Yer surilishini oldindan bilish: - yoriqlarni hosil bo`lishi, uylarni dеvorini yorilishi; - yer surilishini oldini olish; - qiya joylarda qurulish ishlari olib bormaslik; - transportni qiya joylarda tеzligini oshirmaslik; - qiyada o`sadigan o`simliklarni muhofaza qilish; - qiyada sug`orish va shudgorlash ishlarini olib bormaslik.

Yer surilishini oldindan bilish va shunga asosan tadbirlar ishlab chiqiladi. Kuchli shamol va qurg`oqchilik oqibatlari shamol t е zligi metr sekundga y е tadi. O`rta Osiyoda ms ga boradi. B е kobod tumanlarida ms natijada el е ktr tarmoqlari, ekinzorlar vayron bo`ladi. Oldindan ogoh qilish pana joylarda joylashish k е rak. Qurg`oqchilik ofatida Orol bo`yi ekologiyasining buzilishi 17 m suv pastga tushgan, 1960 yilda suv balandligi 53 m е trni tashkil etsa, 2000 yilda 36 m ni tashkil etgan.

Achchi surilmasi Achchi (atchi) surilmasi - Ohangaron daryosi yuqori oqimining chap sohilida 1972 yil bahorida vujudga kelgan ulkan surilma. Sahni 8 km2 bo`lgan 800 mln. m3 hajmdagi tog` jinsi surila boshladi. Achchi surilmasining dastlabki belgilari 70-yillar avvalida namoyon bo`lgan. Mikrorelyefda eng ko`p jiddiy o`zgarishlar 1973 yildan boshlangan (yirik yoriqlar paydo bo`ldi, turar joy binolari va inshootlar shikastlandi, avtomobil yo`llari va Ohangaron daryosi ko`prigi deformatsiyalandi). Surilma Teshiktosh shaharchasini, «Yerostigaz» stansiyasi va Angren shahar quyi qismini bosishi hamda Angren GRESga yeuv beruvchi kanalni to`sib, ko`mir havzasini yeuv ostida qoldirish xavfini tug`dirdi. Surilma tezligi dastlab sutkasiga 12 mm, keyinroq 17 mm ga yetdi. Dunyoda eng katta surilmalardan biri bo`lgan Achchi surilmasining paydo bo`lishiga u yerda 8 km2 maydonda 1947 yildan shaxta usulida uzluksiz ko`mir qazib olinishi, 1961 yildan ko`mirning bir qismini yer ostida gazga aylantirilishi natijasida bo`shliq paydo bo`lishi, 4065 m qalinlikda 60 mln. m3 kon chiqindilari to`kmasi (otval)ning uyumlanishi, ya`ni nazoratsiz antropogen omillar sabab bo`ldi. Bularning barchasi tog` jinslari qatlamida tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keldi.Ohangaron daryosi

Achchi surilmasi Ko`mirning shaxta usulida qazib olinishi, m chuqurlikda 515 m qalinlikdagi ko`mir qatlamining gazga aylantirilishi 1960 yildayoq 60 ga yerda surilma sodir bo`lishiga, yer usti qatlamining 45 m gacha surilishi va 415 m cho`kishiga sabab bo`lgan edi. Zagsan surilmasi ham yer osti suvlari rejimini o`zgartirdi. Achchi surilmasi favqulodda murakkab va xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. U ni bartaraf etish maqsadida respublika hukumatining maxsus qarori asosida tezkor ekspert-metodik kengash tashkil qilinib, unga tegishli tashkilotlar jalb qilindi. Ko`lami jihatidan ulkan falokat keltirib chiqarishi ayon bo`lgan surilmaning zudlik bilan to`xtatib qolish chora-tadbirlari belgilandi.

Yer surilishining yuzaga kelishida quyidagi omillar sabab boladi. –Tog` yon bagri etaklarining tabiiy holatini oqar suvlar suv omborlari ta`sirida buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari: Qiya sathlarda tarqalgan tog` jismlarining xossa va xususiyatlari, mustahkamlik darajasining o`zgarishi, sug`orish ishlari, qor-yomg`ir suvlari ta`sirida namlikning o`ta oshishi: Tog` jismlariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yerustki suvlari (gidrostatik) bosimining ta`siri: -Tog` jinsi zichligini va mustahkamligining, burg`ulash hamda tog`- kovlash ishlari natijasida buzilishi:

Tektonik va seusmik kuchlar ta`siri. Surilishlarning yuzaga kelishida hududning iqlim hamda, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar. Tog` jinslarining qiya sath bo`ylab surilishida iqlim sharoiti eng muhim omillardan biri bo`lib, u davomli yog`ingarchiliklar kuzatiladigan yerlarda keng tarqalgan bo`ladi. Bunga sabab yomg`ir suvlari tog` jinslari qa`riga singib zarrachalar orasida yopishqoqlikni kamaytiradi natijada surilishni sodir bo`lishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham surilishlar asosan qorlar erib, yog`ingarchilik ko`paygan mart oylarida boshlanib may iyun oylarida to`xtaydi. Yog`ingarchilik, qorlar va muzliklarning erishi natijasida daryo va suv havzalarida suv sathining ko`tarilishi daryo qirg`oqlarining yuvilishiga, ya`ni qiya sathlardagi muvazanat holatlarini buzilishiga sabab bo`ladi. Misol sifatida, Amudaryo, Zarafshon daryosi qirg`oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni aytish mumkin.

-Surilishni oldini olish usullari. -Yer surilishi harakati va ta`sirini bartaraf etish usullari. -Yer surilishini oldini olish usullari. -Qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog`liq bo`lgan ishlarni olib bormaslik. -Qiya sathlarda tog` jinsi to`kilmalarining yig`ilishiga yo`l qo`ymaslik. -Temir yo`l, transport vositalari harakat tezligini belgilangandan oshishini taqiqlash: -Qiya sathlarda o`simlik dunyosini muhofaza qilish; -Qiya sathlarda sug`orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik.

Surilish harakati va ta`sirini bartaraf etuvchi usullar quyidagicha: 1. Surilish harakati tezligini sekinlashtirish yoki to`xtatishga qaratilgan usullar: a). suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish: b). daryo va suv havzalari qirg`oqlari yuvilishini oldini oluvchi qurilmalar qurish: v) yer osti suvlari sathini kamaytirish. 2. Tog` jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish. 3. Suriluvchi tog` jinsi qatlamlarini olib tashlash. 4. Tog` jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun`iy usulda yaxshilash. Ularning namligini oshib ketishiga yo`l qo`ymaslik.Yer surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli omili xalqni o`z vaqtida ogoh etish hisoblanadi yillarda O`zbekistonning bir necha xududlarida, masalan; Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlarning tog` etaklarida yashovchi fuqarolarni yer surilishi ofati to`g`risida ogoh qilinishi natijasida, aholi boshqa joylarga ko`chirildilar va hech qanday moddiy va ma`naviy yuqotishlar bo`lmadi. Hozirgi kunda ham respublikamizning ba`zi viloyatlarida yer silkinishi ehtimoli bor hududlar mavjud bo`lib, hukumatimiz va fuqaro muhofazasi xizmati tomonidan doimiy ravishda xavfli mintaqada yashovchi fuqarolar ogohlantirilib borilmoqda.