1- mavzu: Lokal va global kompyuter tarmoqlari. Tatmoqlar haqida tushuncha Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
1- mavzu: Lokal va global kompyuter tarmoqlari. Tatmoqlar haqida tushuncha Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan.
Advertisements

Транксрипт:

1- mavzu: Lokal va global kompyuter tarmoqlari

Tatmoqlar haqida tushuncha Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, yani global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni ozida birlashtirish imkoniniga ega bolgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.

Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bolishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga kora kompyu­ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bolish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir- biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.

Lokal tarmoq Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, yani lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda ozaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga boglangan boladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 23 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (bazan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi malumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bolishadi.

Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yolini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Server – tarmoq ishini taminlovchi maxsus kompyuter. Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni ozaro axborot almashinuvini taminlovchi maxsus qurilma. Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi. Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga otkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem modulator va demodulator sozlari birlashmasidan hosil bolgan.

Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi kop tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmogi keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmogidir, yani Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmogi. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Ozining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini korib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng songgi korgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki oyinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng kop xizmat korsatish turi bolib, malum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.

Tarmoq turlari Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud: halqasimon; shinali; yulduzsimon.

Halqasimon boglanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha boglangan boladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan boladi. Axborot halqa boyicha kompyuterdan kompyuterga otadi.

Tarmoqning shinali boglanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina boyicha har ikki tomonga uzatiladi.

Yulduzsimon boglanishda markaziy kompyuter mavjud bolib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan boladi.