Ekologik omillar. Abiotik omillar Bajardi: Sattarov Zahiriddin.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Ekologik omillar. Abiotik omillar Bajardi: Sattarov Zahiriddin.
Advertisements

Транксрипт:

Ekologik omillar. Abiotik omillar Bajardi: Sattarov Zahiriddin

REJA: 1 Ekologik omillarning umumiy tarifi 2 Ekologik omillar tasnifi 3 Abiotik omillar 4 Biotik omillar 5 Ekologik chidamlilik va valentlik 6 Minimum qonuniyatlari 7 Tolerantlik qonuni

Tayanch iboralar: abiogenli, valentlik, geterotroflar, destruktsiya, konservatsiya, sut emizuvchilar, radikal tadbirlar, steno, termitlar, tolerantlik, evri, epipe

Ekologik omillarning umumiy tarifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga tasir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bolib, tirik organizmlarning hech bolmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita tasir korsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi.

Ekologik omillar tasnifi. Ekologik omillar odatda jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari turkumga bolinadi. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N. Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 1 jadvalda keltirilgan. Bazi mualliflar antropogen omillarni (ularning muhimligi va oziga xosligidan kelib chiqib) alohida turkumga ajratishadi. 1 – jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bolishga toliq mos keladi.

Abiotik omillar. Muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim (harorat, yoruglik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Lekin aslida epitet goyatda shartli ravishda «muhim» hisoblanadi, shunday qilib, qayd etilgan abiotik omillar shu manoda teng huquqligi, hattoki ulardan birontasi bolmasa tirik organizmlar uchun halokat hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof - osimliklar yoruglik bolmasa ham rivojlanadi).

Ekologik omillar yigindisi organizmlarning osishi, rivojlanishi, yashab qolishi, organizmlarning kopayishiga sabab boladi, ularning mavjudlik sharoitini tavsiflaydi. Termofillar jumlasiga haroratning yuqori shartli chegarasidan past haroratda yashay olmaydigan va kopaya olmaydigan organizmlar kiradi (kopincha haroratning shunday chegarasi S qabul qilinadi). Kriofillar jumlasiga (yoki termofoblar) teskari, faqat nisbatan past haroratda (10 0 S baland bolmagan) yashash va kopayish qobiliyatiga ega bolgan organizmlar kiradi. Mezoterm organizmlar ortacha qiymatdagi haroratli omillarda yashay oladi. Mezotermlarga motadil kenglikdagi bir qancha turlar kiradi.

Organizmlarning asosiy massasi aktiv termoregulyatsiya faoliyatiga ega bolmaydi. Uning aktivligi tashqi tomondan oladigan issiqlikka, tanasining harorati esa atrof muhit haroratiga bogliq. Ana shunday organizmlar poykiloterm yoki ekzoterm deb ataladi. Qushlar va kopincha sut emizuvchilar atrof - muhitni orab turgan haroratga bogliq bolmagan holda doimiy haroratni ushlab turish qobiliyatiga ega (biokimyoviy reaktsiyalarning issiqligi hisobiga. Ana shunday organizmlar gomoyoterm (yoki) endoterm nomlarini olgan. Abiogen omillarni chuqurroq organishga qiziquvchilar (Odum, 1986; Svetnik va boshq. 1987; Dedyu, 1990 va boshqalar) monografiya va malumotnomalar orqali tanishish mumkin.

Biotik omillar. Bir organizm hayot faoliyatining boshqalariga tasiri va ularni orab turgan muhiti biotik omillar deyiladi (sinonimlar: biogen, biologik, biotsenotik omillar). Biotik omillarni antagonistik va noantagonistik qismlarga bolish mumkin. Antagonistik munosabatda ikki turdagi organizmlar bir-birini yengadi (- -), yoki ulardan birortasi oziga ziyon yetkazmasdan boshqasini yengadi (+ -). Songra shu yerda «+» belgili ijobiy, « - » belgili salbiy ozaro aloqalari mavjud.

Parazitizm bu har xil turdagi organizmlarning biotik aloqalar shakli bolib, unda bulardan bittasi boshqasining hisobiga, uning tanasi ichida (endoparazitizm) yoki tashqarisida (ektoparazitizm) yashaydi. Parazit bilan organizm egasi orasidagi aloqaning uzoq davom etishiga bogliq holda doimiy parazitizm yoki statsionar va vaqtinchalik parazitizimlarga ajratiladi. Parazitizmning mezoni uning oziga xosligi hisoblanib, yani evolyutsion mexanizm moslashishi hisobiga kun kechiradi. Guruhli fel-atvorli tartibga solish turli yoshdagi alohida turlarning kichigidan – kattasiga qarab oziqalarini hal qilishni ifodalaydi. Turlarning evolyutsiyasida raqobatli munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Ikkita turning yashash sharoitlariga bolgan talablari qanchalik oxshash bolsa, raqobat shunchalik kuchli boladi va ertami yoki kechmi bitta tur ikkinchisini siqib chiqaradi (G.F.Gauzening printsip tarifi).

Simbioz – bu ozaro manfaatdorlik bolib, har xil organizmlarning ozaro munosabatlari emas. Simbiontlar faqat osimliklar, osimliklar va hayvonlar faqat hayvonlar bolishi mumkin. Simbiozlar oziq- ovqat yoki trofik va himoyalanish simbiozlarga ajratiladi. Oziq-ovqatga moslashgan simbiontlarga termitlar va oddiy qilchalilar misol bolib, ular ichakda yashaydi, termitlarning tsellyulozasini osimlik oziqasidagi otlar buzadi. Marjonli yigindilar, chuchuk suvdagi otlar bir hujayrali suv otlari jamoasidan tashqil topadi. Biroq bunga oxshash birikmalar bitta organizmni boshqa bir organizm hisobiga oziqlantirish maqsadida emas, balki himoya qilish yoki mexaniq tayanch uchun hosil boladi.

Mutualizm – simbiozga yaqin bolib, har xil turdagi organizmlarning yashashi va osishi uchun zarur bolgan ozaro manfaatdorlik munosabatlaridir. Masalan: suv otlari va zamburuglarning birikmasini ifodalovchi lishayniklar yoki gulli osimliklar va ularni changlaydigan hashoratlar. Bunda ikkala turda oziga xos bolgan moslashuvlar paydo boladi. Kommensalizm - har xil turdagi hayvonlarning ozaro munosabati bolib, bunda bularning bittasi (kommensal) manfaatdorlik koradi, boshqasi uchun esa bu muhim emas.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y. 2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b. 3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b. 4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b. 5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi,