Kozning tuzilishiKozning funksiyasiKozning korish maydoniKorish gigiyenasi.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Kozning tuzilishiKozning funksiyasiKozning korish maydoniKorish gigiyenasi.
Advertisements

Транксрипт:

Kozning tuzilishiKozning funksiyasiKozning korish maydoniKorish gigiyenasi

Ko'z bosh suyagining maxsus chuqurchasida - ko'z kosasida joylashgan. Ko'z ko'z soqqasidan, ko'rish nervi va yordamchi qismlardan (ko'z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ular¬ning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat (1-rasm).

1-rasm. Ko'z soqqasi: 1- ko'z soqqasining oq pardasi; 2- ko'z soqqasining shox pardasi; 3- ko'zning qon tomir pardasi; 4- ko'zning rangli pardasi; 5- ko'zning oldingi bo'shlig'i (suyuqlik bilan to'lgan); 6- ko'z qorachig'i; 7- ko'z gav¬hari; 8- gavharni o'rab turuvchi kiprik¬simon muskul; 9- shishasimon tana; 10¬ko'zning to'r pardasi; 11- ko'rish nervi.

Koz soqqasi 2 qismdan iborat: Tashqi- fibroz Orta-qon- tomir Ichki- torsimon parda Koz ichi suyuqligi Koz gavhari Shishasimon tana

Fibroz Qon-tomir

Ichki-torsimon parda

Ko'z soqqasining ichki qismi Ko'z soqqasining ichki qismi ko'z gavhari, ko'z ichi suyuqligi va shishasimon tanadan iborat. Bularning hammasi tiniq, shishasimon bo'lib, ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirish xususiyatiga ega. Ko'rish nervining mayda tolachalari ko'z soqqasi ichki to'rsillion pardasining orqa yuzasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo'lib, ulardagi qo'zg'alishni qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko'rish nervi tolasini hosil qiladi va u to'rsimon pardaning orqa qismida joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o'rta miyaga va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'iga boradi. So'ngra bosh miyaning o'tkazuvchi yo'llariga birlashib, bosh miya po'stlog'ining ensa qismida joylashgan ko'rish markazining nerv hujayralariga tutashadi (2-rasm).

2-rasm. Ko'rish analizatorining qismlari: 1- ko'z to'r pardasida joylashgan yorug'lik sezuvchi hujayralar (ko'rish analizatorining periferik qismi-retseptorlar); 2- ko'rish nervi (ko'rish analizatorining o'tkazuvchi qismi); 3- bosh miya po'stlog'ining ensa qismida joylashgan ko'rish markazi (ko'rish analizatorining markaziy qismi).

ko'z soqqasini harakatlantiruvchi oltita muskul va ularning nervlari ko'z yoshi bezlari va ularning kanalchalari ko'z yoshi qopchasi qovoqlar kipriklar

Ko'z bajaradigan funksiyasiga ko'ra ikki qismdan iborat: ko'zning optik sistemasi retseptor qismi

Ko'zning optik sistemasi Kozning shox pardasi Koz ichi suyuqligi Gavxar Shishasimon tana

Ko'zning rangli pardasi o'rtasida joylashgan teshikcha bo'lib, uning atrofi aylana va to'g'ri yo'nalgan muskullar bilan o'ralgan. Ular parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ko'z qorachig'i gavharga va to'r pardaga yorug'likni, faqat markaz qismdagi nurlarni o'tkazadi, atrofdagi nurlarni esa o'tkazmaydi. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko'rinishi va boshqa xususiyatlari ko'zning to'r pardasiga aniq o'tkaziladi. Yorug'lik ko'p bo'lganda ko'z qorachig'i torayadi va to'r pardaga o'tkaziladigan nur oqimi kamayadi, yorug'lik kam bo'lganda esa qorachiq kengayadi va to'r pardadagi retseptorlarga o'tkaziladigan nur oqimi ko'payadi. Bundan tashqari, odam hayajonlanganda, qo'rqqanda, og'riq sezganda ko'z qorachig'i kengayadi. Bu simpatik nervning qo'zg'alishi va buyrak usti bezining mag'iz qismidan ajraladigan adrenalin, noradrenalin gormonlari ko'payishi tufayli ro'y beradi.

Ko'z soqqasini qimirlatmay ma'lum bir nuqtaga (buyumga) qaralganda uning tasviri ko'zning to'r parda qavatidagi markaziy chuqurchaga tushishi Markaziy korish Markaziy chuqurchaning atrofiga tushgan tasvirlar Chetki korish Ko'zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko'ra olish xususiyati (markaziy va chetki ko'rish yig'indisi) Korish maydoni

Ko'zning har xil rangdagi buyumlarni ko'rish maydoni bir xil bo'lmaydi. Oq rangni ko'rish maydoni eng katta, ko'k va sariq ranglarni ko'rish maydoni undan kichikroq, qizil va yashil ranglarni ko'rish maydoni yanada kichik bo'ladi. Ko'zning har xil ranglarni ko'rish maydoni turlicha bo'lishi to'r qavatning turli qismlarida tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar har xil joylashishiga bog'liq. Ko'zning ko'rish maydoni chegarasi olchash asbobi

Odamning ko'z soqqasi cho'ziqroq shaklda bo'ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko'zning to'r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko'rinmaydi. Bu holat ko'z gavharining do'ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Yaqindan korish (Miopiya) Bunday odamlarda ko'z soqqasi qisqaroq bo'ladi. Bunda yaqindagi buyumlarning tasviri ko'z to'r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi. Uzoqdan ko'rishning ikkinchi sababi ko'z gavhari do'ngligining kamayishidir. Uzoqdan korish (Gipermetropiya) Ranglarni farqlay olmaslik. Buning sababi ko'zning to'r pardasida joylashgan rang sezuvchi ko!bachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta'sirida qo'zg'aladigan nervlar bo'imasligidir. Daltonizm

3-rasm. Yaqindan va uzoqdan korish refraksiyasi.

Ko'zning ko'rish qobiliyati normal saqlanishi ko'p jihatdan har bir odamning o'ziga bog'liq. Buning uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur: ish, o'qish joyida yorug'lik yetarli ( lyuks) bo'lishi talab etiladi. Yorug'lik chap tomondan tushishini ta'minlashga e'tibor berish kerak; o'qiganda, yozganda daftar va kitob ko'zdan sm uzoqlikda bo'lishi kerak. Shuningdek, chizmachilik, tikish va boshqa mayda nozik ishlarni bajarganda ham shu qoidaga amal qilish kerak; o'quv-yozuv, chizmachilik, tikish kabi mashg'ulotlar bi¬Ian shug'ullanganda har minutdan keyin yarim-bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash lozim. Chunki yaqinga qarab ish bajargan vaqtda ko'z qorachig'i kengayib, ko'z ichidagi bosim ortadi va ko'z toliqadi. Uzoqqa qaraganda esa ko'z qorachig'i torayib, ko'z ichidagi bosim pasayadi va ko'z dam oladi;

avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o'qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo'ldagi kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab turadi. Bu esa ko'z gavhari shaklining uzluksiz o'zgarib turishiga sabab bo'ladi va ko'zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, yotib o'qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko'rish ham ko'zni toliqtiradi; kundalik ovqat tarkibida A vitamin yetishmasligi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar faoliyati buzilishiga va ko'rish o'tkirligi pasayishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun tarkibida A vitamini bo'lgan taomlar (jigar, tuxum, sariyog', sabzi, qovoq, baliq ikrasi kabilar)ni muntazam iste'mol qilish kerak; zararli odat bo'lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko'zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi; ko'zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug'ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.