Mustaqillik - huquq demakdir Bajardi: Yodgorov Husan.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Mustaqillik - huquq demakdir Bajardi: Yodgorov Husan

Reja: 1. Mustaqillik – ozlikni anglash huquqi demakdir 2. Mustaqillik – siyosiy ozlikni anglash huquqidir 3. Konstitutsiyamiz – bosh qomusimiz 4. Hurriyat – egalik huquqidan boshlanadi

Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir. Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.

Bu sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardan yana biri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» dir. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilingan.

O`ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI I. O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlari da va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 2. O`zbekistOH SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yiknay tur ib, o`zgartirilishi mumkin emas. 3. O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ust idan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. 4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O`zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi. 5. O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. 6. O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. 7. O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy v a boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. 8. O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, m adhiya) o`zi ta'sis etadi. 9. Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`i ston MSSR manfaatlarinihimoya qiladi. 10. O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshiris h uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarki bini va qurilishini belgilaydi. 11. O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlargahamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. 12. Ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishla b chiqish uchun asosdir.

O'zbekiston davlat mustaqilligini jahon xamjamiyati, Xalqaro jamoatchilik qo'llab- quvvatladi. Xozir dunyodagi 165 mamlakat O'zbekiston davlat mustaqilligini tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O'zbekiston Xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti, mustaqil, yosh suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida uning Davlat Bayrog'i kutarildi. Mustaqillik siyosiy sohada – O'zbekistonning milliy manfaatlari va istiqboliga mos keladigan ichki va tashqi siyosatni o'zi istaganicha, biron-bir buyuk davlatning ta'siri doirasiga tushib qolmasdan, buyruklarga quloq solmasdan, o'z xalqi irodasi asosida olib borish va amalga oshirish huquqiga ega bo'lishdir.

Oz davlat mustaqilligini qolga kiritish uchun boshlangan bu harakat natijasi olaroq, 1991 yil 31- avgustda Ozbekiston Oliy Kengashining on ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezidentimiz tomonidan Ozbekistonning davlat mustaqilligi elon qilindi. Va shu kunning ozida Ozbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi va Davlat mustaqilligi togrisidagi bayonotga asoslanib Respublika Oliy Kengashi Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari togrisidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi.

Yuqorida qayd etilgan jarayonlar va qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun keyingi bosqichda, aniqrogi 1992 yil 8 dekabrda inson huquqlari, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqaro huquq printsiplari va normalarini ifodalaydigan huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning istiqbolli yollarini belgilab bergan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishiga asos bolib xizmat qildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy prinsiplari - Davlat suvereniteti. - Xalq xokimiyatchiligi. - Fuqaro (inson) erkinliklari va huquqlarining dahlsiz va ustivorligi. - Demokratizm. - Davlat va shaxsning o'zaro mas'ulligi. - Qonuniylik. - Konstitusiyaning ustunligi. - Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo'linishi. - Maxalliy o'z-o'zini boshqarish. - Sud (idoralari) tuzilishi va sudlov.

Mustaqillik Qomusi deb nom olgan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ungacha bolgan davrda amal qilgan konstitutsiyalardan tubdan farq qilgan holda, inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyat sifatida etirof etib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat manfaatlaridan ustun qilib belgiladi.

Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning siyosiy va huquqiy kafolotlari Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda oz ifodasini topdi. Natijada jamiyatda koppartiyaviylik tizimini shakllantirish uchun imkoniyat yaratildi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Siyosiy partiyalar togrisidagi, Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish togrisidagi qonunlar, saylovlarga oid qonunlar va boshqa bir qator huquqiy hujjatlar mamlakatimizda koppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratdi yil 26 dekabrdagi Siyosiy partiyalar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni ham aynan Konstitutsiyaga muvofiq qabul qilindi.

Ezgulikka xizmat qiluvchi har bir faoliyat zaminida avvalo shunga munosib mazmundagi huquq tushunchasi, shu tushuncha orqali amal qiladigan imkon va kafolatlar mavjud. Davlatimiz rahbarining chuqur va keng mazmundagi «mustaqillik huquq demakdir» degan teran iborasida barcha sohalarni qamragan islohotlar rivoji uchun huquq va erkinliklar, imtiyoz va kafolatlar berilishi, inson manfaatlarining tola himoyalanishi ifodalangan.

Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizdan milliy gurur tuygusini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni mustahkamlash yolidan bordi yildan boshlab azaliy milliy madaniy qadriyatimiz bolgan Navrozni milliy bayram sifatida nishonlash qarorini qabul qildi. Ayni shu yildan boshlab Yurtboshimiz tashabbusi va qatiyati bilan ateizm, yani xudosizlik tashviqoti yurgizilayotgan shorolar davlatida ikki muqaddas diniy bayramimiz – Qurbon va Ramazon hayitlarini umumxalq bayramlari sifatida nishonlash boshlangani tom manoda manaviy jasorat edi.

Konstitutsiyamiz qoidalariga muvofiq qabul qilingan bir qator kodekslar hamda «Fuqarolarning murojaatlari togrisida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari togrisida»gi, «Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari togrisida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinliginiing kafolatlari togrisida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish togrisida»gi va boshqa shu kabi koplab qonunlarning izchil ijrosini taminlash, doimiy nazorat qilishga eng muhim jihat deb qaralmoqda. Jumladan, bu borada Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib tahliliy mulohaza yuritsak, inson huquqlari sohasiga oid erishilgan ijobiy natijalarning yorqin ifodasini koramiz.

Mustaqillik – bu huquq degani ozlikni anglash, har bir fuqaroning oz millatiga mansub bolgan barcha boyliklarga egalik huquqini fidokorona himoya eta olish salohiyatini namoyon etadi. Istiqlol tufayli ozbek xalqi Prezident Islom Karimov rahnamoligida aynan ana shu oqilona yoldan bordi va bugungi kunda farovon hayot yaratdi, nurafshon istiqbolni bunyod etmoqda

1. O`zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi 2. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: Ozbekiston Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. –T.: Ozbekiston, Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. –T.: Ozbekiston, Karimov I.A. Bunyodkorlik yolidan. 4-jild. –T.: Ozbekiston, Karimov I.A. Biz kelajagimizni oz qolimiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: Ozbekiston, Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. –T.: Ozbekiston, 2000.