Oila huquqi 1.Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi 2.Oilaning rivojlanish tarixi 3.Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Oila huquqi 1.Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi 2.Oilaning rivojlanish tarixi 3.Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni

Respublikamiz mustaqilikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi

O`zbekistonda 26 millionga yaqin aholi yashaydi, shulardan 52% xotin - qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda aholining 48 foizini 18 yoshgacha bo`lgan yigit va qizlar tashkil etadi

Respublikamiz Prezidenti oilaning jamiyatdagi o`rniga baho berib shunday deydilar: Oila-jamiyatning negizi, Bizning davlatimiz ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim.

Mamlakatimizda aholining ko`p qismini bolalar va yoshlar tashkil qiladi. Ijtimoiy muammolar ham shunga ko`ra o`z ifodasini topadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 63- moddasida Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega, deb tasdiqlangan. Oilalar tinch- totuv yashashsa, jamiyatga keltiradigan ijobiy yutuqlar ko`payadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga esa g`amho`rlik qilish va unga har taraflama moddiy yordam berish, insonparvar demokratik davlatning muhim vazifasidan biridir.

Oilaviy munosabatlarning rivojlanish tarixi

Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalqlarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli hisoblangan

Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Asta-sekin o`sha davrlarda kichik-kichik oilalar vujudga kela boshlagan. Kichik oilalar vujudga kelishi bilan nikohning shart- sharoitlari ham o`zgarib borgan.

Oilaviy munosabatlarga sharqda o`tmishdan boshlab ulkan ahamiyat berilib kelgan. Zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi alohida o`rin tutgan. Avesto tadqiqotchisi H.Hamidov o`sha davrdagi oilalar to`g`risida shunday deb yozadi: Erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo`lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg`a bosishar yoki beliga zanjir bog`lab yurishga majbur qilishardi.

Nikoh – bu erkak bilan ayol o`rtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma`qullanishining tarixiy shaklidir

Nikoh (arabcha - qo`shilish) so`zi o`zbek tiliga arablardan kirib kelgan. Qo`shilish ma`nosiga sharh beradigan bo`lsak, nikoh natijasida oilalar o`rtasida qarindoshliklar o`rnatiladi. Oila a`zolari to`ldirilib boriladi. Bunga birinchidan, yangi oilalada farzandlar tug`ilishi bo`lsa, ikkinchidan, nikoh sababli qarindoshlik vujudga keladi. Quda-andalar ham bir-birlariga yaqin insonlar bo`lib qoladi.

Bizning yurtimizda azaldan oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga katta e`tibor berilib kelgan. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda ayollarga qadimdan katta hurmat bilan qaralgan

Markaziy Osiyo xalqlarining mashhur dostonlari – O`g`uznoma, Alpomish va Manaslarda nikoh bilan bog`liq odatlarda, yig`inning jismoniy qobiliyatlariga va uni sinab ko`rishga alohida ahamiyat berilgan.

Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni

Oila huquqi boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq. Chunki oila a`zosi jamiyatimizning barcha sohalarida mehnat qiladi.

Davlat va huquq nazariyasi fani oila huquqining umumiy tushunchasini, maqsadini izohlab beradi. Konstitutsiyaviy huquq inson huquqlari, burchlari, ularning kafolati masalalarini, oila davlat himoyasida ekanligini, ota-onalar va farzandlarning huquqiy munosabatlarining asosini tasdiqlab beradi. Mehnat huquqi onalik va bolalikni himoya qilish, ko`p bolalik oilalarga yordam berish, voyaga yetmaganlarning mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalarini yoritishda oila huquqi, oila munosabatlaridan kelib chiqqan holda ish tutadi.