Amaliy Fanlar va Texnologiyada Yoʻlboshchi Koreya axborot va aloqa texnologiyasa (AAT) dunyodagi eng zoʻrlaridan biri boʻlib ayni vaqtda Koreya dunyoda.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Amaliy Fanlar va Texnologiyada Yoʻlboshchi Koreya axborot va aloqa texnologiyasa (AAT) dunyodagi eng zoʻrlaridan biri boʻlib ayni vaqtda Koreya dunyoda mashnisozlik, kimyo, kema-yasash va avtomobil sanoatida yetakchi hisoblanadi. Ayniqsa AATda va uyali aloqa tizimida Koreaya dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Ikki milliondan koʻp oila yuqori tezlikdagi internet xizmatidan foydalanadi. Axborot va aloqa texnologiyasida Koreya dunyodagi alohida bir kuch hisoblanib, Koreyaning texnologiyadagi yutuqlari va ijodkorligi boshqa mamlakatlardan ajratib turadi. Yaqinda Koreyada ixtiro qilingan texnologiyalar butun dunyoni oʻziga qaratdi. Dunyoning eng ishchan tadqiqot texnologiyasi bilan Koreyada taʼlim olishingiz kelajakda katta yutuq va yuqori mansabga erishishingizda yordam beradi.

Taʼlim Olish va Yashash Qimmat Koreyada taʼlim va yashash harajatlari AQSH, Kanada, Angliya kabi gʻarb mamlakatlariga nisbatan ancha kam. Shuningdek, chet ellik talabalar uchun turli grantlar ham mavjud. Taʼlim va yashash harajatlarining kamligi sababli talabalar oʻqishini moliyaviy qiyinchiliklarsiz tamomlasha oladi. Qoʻshimcha tarzda, Koreyada taʼlim olishga qiziqish soʻnggi yillarda ancha oshdi bunga sabab Koreya hukumatining turli grantlarni ajratishi va qoʻshimcha ishlashga oid chegaralarni kamaytirishdir. Talabalar bitirgandan so'ng Koreyada ish topish imkoniyatlari oldingiga nisbatan ancha yuqori, ayniqsa injeneriya (kompyuter, mexanika, kimyo-biologiya) sohasidagi talablar uchun. Shuningdek, Koreya madaniyati Osiyolik talabalarga ancha mos tushib madaniy zarba paydo boʻlmaydi va qiyinchiliklarsiz boshqalar bilan kelishib keta oladi.

Yuqori Sifatli Taʼlim Muhiti va Aʼlo Darajali Oʻqituvchilar Koreyada taxminan 400 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlib, ular yuqori sifat darajasidagi izlanish jihozlari va sharoitlariga ega. Laboratoriya sharoiti, talabalar yotoqxonasi va sogʻlomlashtirish sport markazlari talabalarga qoniqarli hayot kechirish va oʻqishi muxitini yaratadi. Ustozlarni koʻpchiligi doktor darajasida boʻlib, toʻliq izlanish tajribasi va aʼlo ziyoga ega. Ularning koʻpchilig chet elda taʼlim olganligi hamda izlanish yuritganligi sababli turli mamlakatlarning madaniyati va anʼanasi bilan yaqindan tanish. Bu esa talabalarni izlanishga togʻri yoʻllay olishini bildiradi. Umuman olganda, Koreya professor oʻqituvchilari talabalarni kelajakdagi muvaffaqiyati uchun to'g'ri vizion bera oladi.

Taʼlimdagi Gʻayrat Koreyadagi ijtimoiy qiziqishlarning eng muximidan biri bu taʼlim. Uzoq yillar davomida Koreyaning asosiy taʼlim maqsadi isteʼdodli zehnlarni tarbiyalash boʻlgan. Xitoy faylasufi Mengzi oʻz hayotidagi uch qadrli narsadan eng qadrlisi yosh toliblarni tarbiyalash boʻlib taʼlimni yuqori baxolash anʼanasi Koreyadan kirib kelgandi deb yozadi. Boshlangʻich maktabni tamomlagan talabalarning 100% oʻrta maktabga oʻtishi fakti Koreyadagi taʼlimga boʻlgan qiziqish va gʻayratni koʻrsatadi. Shuningdek, har yili talaba universitet va kollejlarga kiradi. Taʼlimdagi gʻayrat Koreya talabalarini yuqori intellektual qobilyat va akademik yutuqlarga erishishga sabab boʻldi. Koreyada odamlar talabalarga hurmat va ishonch bilan qaraydi va buni barcha chet ellik talabalar his qilishi mumkin.

Tabiiy Goʻzallik Koreya uzoq yillar davomida Geum-su-gang-san deb atalgan, shoyiga oʻralgandek tabiiy chiroyli mamlakat deb ataladi. Xitoyliklar esa Koreyada tugʻilish va Geum-gan togʻini koʻrish mening umid qilardim deyishadi. Koreyaning uch tomoni dengiz bilan oralgani sababli, Koreyadagi har bir inson yer va dengiz goʻzalligi va ajoyibotidan bir vaqtda bahramand boʻlishi mumkin. Koreya mutlaq farqli toʻrt faslga ega, siz har bir faslning oʻziga hos goʻzalligini zavqlanishingiz mumkin. Koreya kichik boʻlishiga qaramasdan, har bir tumanning bemisl xususiyatga ega. Shimoliy- sharqiy qismining togʻlari baajib qoyalar bilan bezalga boʻlib, hamda janubiy-sharqiy qismi esa tekisliklardan iborat.

Anʼana va Madaniyat Koreya bir qancha madaniy meʼros va anʼanalarga ega. Bir necha ming yillik tarix turli madaniyatni yaratdi va ildizi hozirgi kungi hayot tarzida aks etadi. Siz madaniy qoldiqlarni butun mamlakat boʻylab topishingiz mumkin. Bu haqda mashxur koreys olimi Koreyaning oʻzi bir muzeydir deb aytgan. Ammo madaniy meʼroslar faqatgina jismoniy emas, madaniyat koreys xalqining hayot tarzida ham aks etgan. Bunday muhit sizga erkin taʼlim olish va mahoratingizni oshirishingiz mumkin. Mexmondoʻstlik va Ijtimoiy Havfsizlik Koreyaliklar umuman olganda mexmondoʻst xalq. Ularning chet el madaniyati va anʼanalarini oʻrganishga ishtiyoqi yuqori. Uchrashuv boshida uyalib tortinib turishsa-da, vaqt oʻtishi bilan juda ham kirshib ketadi va oʻzlarini mexribonligini koʻrsatadi. Dunyoda sanoqli mamlakatlarda kechasi-yu kunduzi bemalol koʻchada yurish mumkin, Koreya ham shular jumlasiga kiradi. Xorijliklarga qaratilgan jinoyat ishlari juda ham past darajada, shu sababdan chet ellik talabalar uchun Koreya tinch va havfsiz mamlakat deb aytish mumkin.

Koreyada Taʼlim Oling! Xulosa qilib aytganda, gʻarb mamlakatlariga nisbatan Koreyada taʼlim olish ancha arzonga tushadi, hamda turli grant va stipendiya sohibi boʻlish imkoni ham bor. Koreya hukumati xorijlik talabalarni qoʻllab quvvatlashni boshlaganiga ancha boʻldi. Shu asosda hukumat xalqaro hamjamiyatga yanada yaqinlashadi deb ishonadi. Koreyani boshqa davlatlarga ijobiy tanishtirish, xalqaro hamjamiyatdagi Koreyaning obroʻsi va mavqeʼini yanada oshiradi. Shuningdek, aqlli va zukko talabalarni Koreyada boʻlishini, jahonga tinchlik va barqarorlik gʻoyasini oldinga surishda yordam boʻladi deb umid qiladi. Koreya barchangizni ta`lim olishga taklif qiladi !