Xalqaro shartnomalar xalqaro xususiy huquq manbasi sifatida Bajardi: Abdulazizov J.F.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Xalqaro shartnomalar xalqaro xususiy huquq manbasi sifatida Bajardi: Abdulazizov J.F

Xalqaro xususiy huquqda xalqaro shartnomalar tushunchasi Xalqaro shartnoma deganda O'zbekiston Respublikasining bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvi tushuniladi. Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar shaklida tuzilishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1980 yil 11 apreldagi Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi shartnomalari to'g'risidagi Vena kanvensiyasi Mazkur Konvensiya tijorat korxonalari turli davlatlarda joylashgan taraflar o'rtasidagi tovarlar oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan qo'llaniladi. Mazkur Konventsiya faqat oldi-sotdi shartnomasining tuzilishi va sotuvchi hamda sotib oluvchining shunday shartnomadan kelib chiqqan huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1980 yil 11 apreldagi Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi shartnomalari to'g'risidagi Vena kanvensiyasi. Mazkur Konventsiya qoidalari quyidagilarning oldi-sotdisiga nisbatan qo'llanilmaydi:. shaxsiy, oilaviy maqsadlarda yoki ro'zg'orda foydalanishga qaratilgan tovarlar oldi-sotdisiga. fond qog'ozlari, aktsiyalari, qimmatli qog'ozlar, aylanma hujjatlar va pullar suv va havo transporti, shuningdek havo yostiqli kemalar elektr energiyasi auksionda

Transport vositalari orqali xalqaro yuk va yo'lovchilar tashish to'g'risida tuzilgan shartnomalar: O'zbekiston Oliy Majlisi havo yo'llari bilan yuk tashishga oid ayrim qoidalarni birxillashtirish uchun 1929 yili Varshavada imzolangan va 1955 yil Gaagada unga kiritilgan aniqliklar haqida imzolangan Konventsiyaga qo'shilish haqida 1995 yil 6 mayda qaror qabul qildi. Temir yo'l masalalarini tartibga solish 1985 yilda Bern xalqaro konventsiyalari orqali amalga oshiriladi Avtomobil transportida xalqaro miqyosda yuklar tashish masalalari 1956 yildagi yuklarni xalqaro avtomobil transportida tashish to'g'risidagi Jeneva konventsiyasi bilan tartibga solinadi

Xalqaro xususiy huquq manbai sifatida Gaaga konventsiyalaridan 11 turkumi oila huquqiga taalluqli. Nikohni e'tirof etish va uni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi 1978 yil Konventsiyasi Er-xotinning mol-mulkiga nisbatan qo'llanadigan huquq to'g'risida 1978 yil Konventsiyasi Nikoh bekor qilinganligini tan olish va er-xotinni sud tartibida ajratish to'g'risidagi 1970 yil Konventsiyasi