Samarqandni egallash arablarning asosiy maqsadiga aylanadi. 712-yili Qutayba Xorazmdan qaytadi. Arablar Xorazmshohdan olja olingan on ming bosh qoramolni.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Samarqandni egallash arablarning asosiy maqsadiga aylanadi. 712-yili Qutayba Xorazmdan qaytadi. Arablar Xorazmshohdan olja olingan on ming bosh qoramolni qoshin ketidan haydab kelardilar. Dastlab ular olja bilan Marvga yol olmoqchi boladilar. Ammo Qutayba kutilmaganda Samarqandga qarab yuradi. SAMARQAND MUDOFAASI

Buxorxudot va Xorazmshoh bilan sulh shartnomasi tuzilgan bolib, bu yurishda ularning qoshinlari Qutaybani kuzatib borishardi. Bu paytda Gurak Samarqand hukmdori edi. U Samarqand mudofaasini tashkil qiladi. Shaharga kiraverishda Sogd chavandozlari arablar ustiga selday yopiriladilar. Shafqatsiz jang boshlanadi. Gurak lashkarlari dushman bilan mardonavor jang qiladilar va arablarga katta talofat yetkazadilar. Ammo shu bilan birga koplab Sogd piyodalari va otliqlari ham halok boladilar. Gurak shaharga chekinishga majbur boladi.

Samarqand qamali boshlanadi. Arablar devordan tuynuk ochish maqsadida shahar devorlari qarshisiga 300 ta devorbuzar moslama manjaniq ornatadilar. Shahar himoyachilari qahramonlarcha mudofaada turadilar. Shu paytda turk hoqoni qamaldagi samarqandliklarga yordam berish uchun otliq qoshin yuboradi

Ammo Samarqandga kelayotgan otliq qoshin pistirmaga yoliqadi va arablar tomonidan qirib tashlanadi. Samarqand himoyachilari shaharni bir oydan ortiq himoya qiladilar. Ular katta talofat beradilar. Oziq-ovqat va suv zaxiralarning oxiri korinib qoladi. Shahar taslim boladi. Gurak arablar bilan sulh tuzishga hamda ularga katta tovon tolashga majbur boladi.

Samarqandliklar arablar hukmronilgini tan olmaydilar va qozgolon kotaradilar. Qozgolon shafqatsizlarcha bostiriladi. Shundan song 712-yilining kuzida Qutayba oz qoshinini Amudaryodan olib otadi va Marvga qaytadi. Qurbonlar sonining kopligiga qaramasdan, kelgusi yilning bahorida Qutayba Choch va Fargonani istilo qilishga otlanadi. Arablar Chochning katta qismini bosib oladilar. Mahalliy aholi bosqinchilarga qattiq qarshilik korsatadi. Choch jangchilari arab qoshinlariga kechasi-yu kunduzi qoqqisdan xujumlar uyushtirib turadilar. QARSHILIK DAVOM ETDI

Shunda Qutayba Chochning koplab manzilgohlariga ot qoyishga hamda ularni vayron qilishga buyruq beradi. Chochni boysindirgan arablar 715-yili Fargonaga zarba beradilar. Ular mahalliy shaharlarni birin-ketin ishgol qiladilar. Ammo fargonaliklarning qarshiligini sindira olmaydilar. Qutayba nafaqat Movarounnahr aholisiga nisbatan, balki oz qavmdoshlariga nisbatan ham shafqatsiz bolgan. U 715-yili Fargonada unga qarshi isyon kotargan arab jangchilari tomonidan oldiriladi.

720-yili Movarounnahrda arablarga qarshi yirik kurash ochoqlari alanga oladi. Sogdlik zodagonlar va savdogarlar arablarga soliq tolashni istamaydilar. Ularning koplari oz oilalari bilan Fargonaga kochib otishga, boshqalari esa Zarafshonning yuqori oqimidagi qorgonlarga bekinishga qaror qiladilar. Sogdlik muhojirlar Xojandda paydo bolganlarida arablar shaharni orab oladilar va qamalni boshlaydilar. Ular shaharni qolga olib, barcha sogdiylarni qirib tashlaydilar. Arablar, shuningdek, Xojand muzofotidagi ziroatkor qishloqlarni ham yoq qiladilar –YILLARDAGI ARABLARGA QARSHI HARAKATLAR

Xuroson noibi Said ibn Amr Xaroshiy Zarafshonning yuqori oqimidagi togli hududlarga yurish qiladi. Sogdiylar koplab qorgonlarga yashirinadilar. Ular daryo boyidagi baland qoyalik va jarliklarda joylashgan edi. Arablar qorgonlarni uzoq qamal qilganlaridan song qozgolonni bostirishga muvaffaq boladilar yillar arablar uchun ayniqsa qiyin kechadi. Buxorodan hamda Zarafshon vodiysidagi koplab tumanlardan ularni siqib chiqaradilar.

Fargonadagi turk harbiy bolinmalari ham 725-yili arablarga katta talofat yetkazadilar. Kesh atroflarida arablarning Sogd, Fargona va Choch harbiy bolinmalari bilan yirik jangi bolib otadi. Bu voqealar Movarounnahrda hali arablarga qarshi kuchlar sindirilmaganligini korsatardi. Faqat 729-yildagina arablar Buxoroni qayta zabt etishga va ozlariga qaytarishga muvaffaq boladilar.

Arablar bosqini arafasida Movarounnahr koplab mayda mulklarga bolinib ketgan edi. Tarqoqlik va birlikning yoqligi tashqi dushmanga qarshi kurashish uchun kuchlarni birlashtirishga imkon bermaydi. VII asr ortalariga kelganda arablar Sharqning koplab iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini bosib olgan edilar. Arablar yaxshi qurollangan kuchli qoshinga ega edilar. Qoshin yengil va ogir qurollangan otliqlar hamda piyoda jangchilardan tashkil topgan edi. MOVAROUNNAHRNING ARABLAR TOMONIDAN BOSIB OLINISHINING SABABLARI

Istilo qilingan halqlarning islomni qabul qilgan vakillari ham arab qoshinlari tarkibida harbiy xizmat otaganlar. Kop yillik urushlar natijasida arablar yaxshi harbiy va jangovar mahoratga ega bolganlar. Ular keng va sersuv daryolardan kechib otishni, shahar va qalalarni hujum bilan egallashni, uzoq masofalarni bosib otishni mohirona ozlashtirganlar.

Arab jangchilari boy harbiy oljadan manfaatdor bolganlar. Ular Movarounnahrning qadimiy shaharlariga talonchilik manbayi sifatida qaraganlar. Dastlabki yurishlariyoq ularni oltin va kumush buyumlar, koplab tangalar, turli hunarmandchilik mahsulotlari, kiyim-bosh va gazlamalar bilan taminlagan.

Arablarning Movaraunnahrga dastlabki bosqinlari kezlarida bazi mahalliy hukmdorlar har gal ularga tovon tolaganlar va hadyalar tortiq qilganlar. Ular shu tariqa oz mulklarini bosqinchilardan qutqarmoqchi bolganlar. Ammo arablar harbiy yurishlarni davom ettiradilar. Ular Movarounnahrning tarqoqligidan ustalik bilan foydalanadilar. Shularning bariga qaramasdan Orta Osiyo xalifalik uchun eng xavfli mintaqalardan biri hisoblanardi. Uning istilosi uchun 100 –yilga yaqin vaqt kerak boldi. VIII asrga kelib Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiradi.

Qutayba Samarqand bolimining arab qoshinlari boshligi bolgan oz ukasiga mana qanday topshiriq yuborgan edi: «Birorta ham majusiyni, uning qoliga muhr qoyilgunga qadar Samarqandning birorta darvozasidan chiqib ketishiga yol qoyilmasin, agar loy muhr u shahardan chiqishidan avval qurigan bolsa, uni oldiring, agar kimning yonidan temir pichoq chiqsa, uni oldiring. Agar tunda darvozalar yopilgandan keyin shaharda kimnidir korsangiz, uni oldiring.» Qutayba insonlarni yoq qildi va ularni oldirishga buyurdi, ammo uning ozi olim topdi.

TAMOM