1-ma'ruza Kirish. Topografik anatomiya fani va vazifalari. Klinik anatomiya, jarrohlik anatomiyasi. Operativ jarrohlik va operasiyalar haqida tushuncha.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

1-ma'ruza Kirish. Topografik anatomiya fani va vazifalari. Klinik anatomiya, jarrohlik anatomiyasi. Operativ jarrohlik va operasiyalar haqida tushuncha. Tuzuvch: professor Sagatov T.A 1-маъруза Кириш. Топографик анатомия фани ва вазифалари. Клиник анатомия, жарроҳлик анатомияси. Оператив жарроҳлик ва операциялар ҳақида тушунча.

Topografik anatomiya fani va vazifalari topografik anatomiya fani – organlarning tuzilishini,shaklini, ularni tanaga,suyaklarga, hamda a'zolarga nisbatan joylashishini, sohalarning kavatma-kavat tuzilishini urgatadiЮ. U grekcha topos (joy) va grapho (yozaman) so'zlaridan kelib chiqqan. Jarrohlik xirurgiya – a'zolarda utkaziladigan jarrohlik usullarini ishlab chiqishning qoida va qonuniyatlarini o'rgatadi Topografik anatomiya operativ jarrohlik bilan birga bir butun bo'lib, ikki yaxlit fanning yirik bo'limlaridir. Topografik anatomiya bu alohida qismlarni bir butun birlashtirib, ulardan mazkur sohaning yaxlit tasvirini tuzadi. Топографик анатомия – аъзо ва тўқималарнинг инсон танасидаги соҳалар бўйлаб ўзаро жойлашуви ва муносабати ҳақидаги таълимотдир. У грекча topos (жой) ва grapho (ёзаман) сўзларидан келиб чиққан. Топографик анатомия оператив жарроҳлик билан бирга бир бутун бўлиб, икки яхлит фаннинг йирик бўлимларидир. Нормал анатомиядан фарқли равишда, топографик анатомия амалий фан бўлиб, клиниканинг, айниқса жарроҳлик клиникасининг талабларига жавоб беради. Нормал анатомия инсон танаси тузилишини аъзолар системалари бўйича, яъни аналитик йўл билан ўрганади. Топографик анатомия эса бу алоҳида қисмларни бир бутун бирлаштириб, улардан мазкур соҳанинг яхлит тасвирини тузади.

Topografik anatomiyaning asosiy tushunchalari A'zo va tuzilmalarning inson tanasidagi sohalarga nisbatan joylashuvi, ya'ni o'rni (golotopiya), skeletga nisbatan joylashuvi (skeletotopiya), tevarakdagi a'zo va to'qimalarga nisbatan joylashuvi (sintopiya). Bundan tashqari, tipga, yoshga oid tuzilish variantlari jarrohlik anatomiyasi. Аъзо ва тузилмаларнинг инсон танасидаги соҳаларга нисбатан жойлашуви, яъни ўрни (голотопия), скелетга нисбатан жойлашуви (скелетотопия), теваракдаги аъзо ва тўқималарга нисбатан жойлашуви (синтопия). Бундан ташқари, типга, ёшга оид тузилиш вариантлари ҳамда жарроҳлик анатомияси.

Topografik anatomiyaning asosiy tushunchalari Tipga oid anatomiya (V.N.Shevkunenko), a'zolarning tuzilishi va joylashuvi variantlarini o'rganadi.V.N.Shevkunenko maktabi anatomik variantlarning chekka va oraliq shakllarini hamda turli a'zolarning joylashuv sathlarining turli- tumanligini o'rgangan A'zo va to'qimalarning o'zaro joylashuvini normada ham, patologiya holatlarida ham o'rganish lozim. Типга оид анатомия (В.Н.Шевкуненко), аъзоларнинг тузилиши ва жойлашуви вариантларини ўрганади. В.Н.Шевкуненко мактаби анатомик вариантларнинг чекка ва оралиқ шаклларини ҳамда турли аъзоларнинг жойлашув сатҳларининг турли- туманлигини ўрганган Аъзо ва тўқималарнинг ўзаро жойлашувини нормада ҳам, патология ҳолатларида ҳам ўрганиш лозим.

Yoshga oid anatomiya a'zolarning o'lchami, shakli va joylashuvidagi yoshga bog'liq tafovutlarni tasvirlaydi, bu pediatrlar va bolalar jarrohlari uchun muhimdir. Ёшга оид анатомия аъзоларнинг ўлчами, шакли ва жойлашувидаги ёшга боғлиқ тафовутларни тасвирлайди, бу педиатрлар ва болалар жарроҳлари учун муҳимдир. Topografik anatomiyaning asosiy tushunchalari

Jarrohlik anatomiyasi a'zo va uni o'rab turuvchi anatomik tuzilmalarning patologiya sharoitidagi morfologiyasi haqidagi fandir, chunki operasiyani yallig'lanish infiltratlari, to'qimalar shishi sharoitida o'tkazish sharoitlari butunlay boshqachadir. Жарроҳлик анатомияси аъзо ва уни ўраб турувчи анатомик тузилмаларнинг патология шароитидаги морфологияси ҳақидаги фандир, чунки операцияни яллиғланиш инфильтратлари, тўқималар шиши шароитида ўтказиш шароитлари бутунлай бошқачадир.

Topografik anatomiyani konservasiyalangan va yangi murdalarda hamda sog'lom va bemor odamlarda, bir-biridan shartli chegaralar orqali ajratilgan sohalarda o'rganiladi. Chegaralarni tashqi mo'ljallar yordamida aniqlanadi. Топографик анатомияни консервацияланган ва янги мурдаларда ҳамда соғлом ва бемор одамларда, бир-биридан шартли чегаралар орқали ажратилган соҳаларда ўрганилади. Чегараларни ташқи мўлжаллар ёрдамида аниқланади. TOPOGRAFIK ANATOMIYANI O'RGANISh USULLARI ТОПОГРАФИК АНАТОМИЯНИ ЎРГАНИШ УСУЛЛАРИ

TOPOGRAFIK ANATOMIYANI O'RGANISh USULLARI Tirik odamda ko'rikdan o'tkazish, palpasiya, rentgenografiya, kompyuterli va magnit-rezonans tomografiya, UTT yordamida muhim topografoanatomik ma'lumotlarni olish mumkin.

Tashqi mo'ljallar Ташқи мўлжаллар Tabiiy teri burmalari;Tana yuzasidagi do'nglik va chuqurliklar; Suyak do'mboqlari; Muskullar konturlari;qon tomirlar pulsasiyasi

qavatma-qavat preparovka TOPOGRAFIK ANATOMIYANI MURDADA O'RGANISh USULLARI

TOPOGRAFIK ANATOMIYaNI MURDADA ¡RGANISh USULLARI Preparatlash paytida a'zo va to'qimalar siljimasligi uchun ularni muzlatib ¢rganiladi (N.I.Pirogov). «Muz» anatomiyasi usulida muzlatilgan murdaning uchta perpendikulyar tekislikda kesilgan qismlarini rasmda tasvirlanadi. Bu kompyuterli tomografiya va UTT mutaxassislarini tayyorlashda muhim bosqichdir. «Anatomik haykaltaroshlik» Anatomik eksperiment usulida qorin va ko'krak bo'shliqlariga, oshqozonga, qovuqqa suyuqlik, ichakka havo yuborish orqali amalga oishiriladi.

TOPOGRAFIK ANATOMIYaNI MURDADA ¡RGANISh USULLARI Qon va limfa tomirlari, fassiya qinlari, kletchatka bo'shliqlarini o'rganishda in'eksiya va quyish usullari qo'llanadi: havo, turli ranglar, eritmalar, suspenziyalar, kontrast moddalar (rentgen tekshiruv uchun).

TOPOGRAFIK ANATOMIYANI MURDADA O'RGANISh USULLARI –Parenximatoz a'zolardagi tomirlar (bronxlar, o't yo'llari) –arxitektonikasini korroziyalash usulida ¢rganishda ularga qotuvchi rangli moddalar yuborib, keyin qolipni a'zoning qoldiqlaridan yuvib tozalanadi.

Tashxisning anatomik-fiziologik negizini tuzishda, ko'plab kasalliklarning rivojlanish dinamikasini anglashda topografik anatomiyani o'rganish muhim. Nima uchun I barmoq panarisiysi V ga o'tib ketishi mumkin? Buning anatomik negizi shundaki, bosh va jimjiloq barmoqlarining sinovial qinlari bilak-kaft usti bo'g'imi sathida bevosita tegib turadi va ular bo'ylab infeksiya tarqalishi mumkin.

AÚZO IChKI TOPOGRAFIK ANATOMIYASI

OPERATIV JARROHLIK Operativ jarrohlik – jarrohlik operasiyalari texnikasi, operativ aralashuvlar uslublari va qoidalari haqidagi ta'limotdir. Barcha jarrohlik amaliyotlarida uchta bosqich ajratiladi: Operativ ochib kirish. Operasiyaning a'zoga eng kam shikast yetkazgan holda rasional yetib borish va unda amaliyot o'tkazish uchun kenglikni ta'minlab beruvchi qismidir. Barcha ochib kirishlarni 5 guruhga ajratiladi: bo'ylama, qiyshiq, ko'ndalang, burchakli va kombinasiyalangan. Operativ uslub - operasiyaning zararlangan o'choqdagi asosiy qismi. Bitta kasallikning o'zida operasiyaning bir qancha variantlarini qo'llash mumkin. Masalan, oshqozon rezeksiyasini Bilrot I, Bilrot II, Gofmayster–Finsterer, Xaberer bo'yicha bajarish mumkin. Operasiyadan chiqish – a'zodagi jarrohlik amaliyotini yakunlash bosqichi bo'lib, operativ ochib kirish natijasida buzilgan to'qimalar yaxlitligini tiklashni o'z ichiga oladi. Оператив жарроҳлик – жарроҳлик операциялари техникаси, оператив аралашувлар услублари ва қоидалари ҳақидаги таълимотдир. Барча жарроҳлик амалиётларида учта босқич ажратилади: Оператив очиб кириш. Операциянинг аъзога энг кам шикаст етказган ҳолда рационал етиб бориш ва унда амалиёт ўтказиш учун кенгликни таъминлаб берувчи қисмидир. Барча очиб киришларни 5 гуруҳга ажратилади: бўйлама, қийшиқ, кўндаланг, бурчакли ва комбинацияланган. Оператив услуб - операциянинг зарарланган ўчоқдаги асосий қисми. Битта касалликнинг ўзида операциянинг бир қанча вариантларини қўллаш мумкин. Масалан, ошқозон резекциясини Бильрот I, Бильрот II, Гофмайстер–Финстерер, Хаберер бўйича бажариш мумкин. Операциядан чиқиш – аъзодаги жарроҳлик амалиётини якунлаш босқичи бўлиб, оператив очиб кириш натижасида бузилган тўқималар яхлитлигини тиклашни ўз ичига олади.

JARROHLIK OPERASIYASI HAQIDA TUShUNChA Jarrohlik operasiyasi bu bemor to'qimalariga davolash yoki tashxislash maqsadida mexanik ta'sir etish bo'lib, funksiyasi kasallik yoki shikast natijasida o'zgargan ayrim a'zo va sistemalarning o'zgarishiga qaratilgandir. Operasiya elementlari: Birinchi element bu to'qimalarni ajratish, uni to'qimalarni skalpel yordamida kesib yoki pinset, zond yordamida to'mtoq ravishda ajratish orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi element to'qimalarni birlashtirish, operasiya jarayonida yoki kasallik yoxud shikast oqibatida buzilgan strukturalarning butunligini tiklash Uchinchi element - zararlangan tomirlardan qon oqishini to'xtatish. Оператив жарроҳлик – жарроҳлик операциялари техникаси, оператив аралашувлар услублари ва қоидалари ҳақидаги таълимотдир. Барча жарроҳлик амалиётларида учта босқич ажратилади: Оператив очиб кириш. Операциянинг аъзога энг кам шикаст етказган ҳолда рационал етиб бориш ва унда амалиёт ўтказиш учун кенгликни таъминлаб берувчи қисмидир. Барча очиб киришларни 5 гуруҳга ажратилади: бўйлама, қийшиқ, кўндаланг, бурчакли ва комбинацияланган. Оператив услуб - операциянинг зарарланган ўчоқдаги асосий қисми. Битта касалликнинг ўзида операциянинг бир қанча вариантларини қўллаш мумкин. Масалан, ошқозон резекциясини Бильрот I, Бильрот II, Гофмайстер–Финстерер, Хаберер бўйича бажариш мумкин. Операциядан чиқиш – аъзодаги жарроҳлик амалиётини якунлаш босқичи бўлиб, оператив очиб кириш натижасида бузилган тўқималар яхлитлигини тиклашни ўз ичига олади.

ОПЕРАЦИЯГА КЎРСАТМАЛАР Absolyut ko'satmalar. Bunda bemorga davolashning operasiya uslubidan boshqa yordam bera olish yo'li yo'q bo'lganda shifokorni operasiya qilishga majbur qiluvchi holatlar. Masalan, siqilgan churralar, magistral qon tomirning yorilib ketishi, qo'l-oyoq gangrenasi kabilar. Nisbiy ko'rsatmalar konservativ yo'l bilan davolab bo'lmasada, operasiya uchun qulay paytni tanlashga, operasiyaga mavjud moneliklarni bartaraf qilishga imkon beruvchi holatlar.

ОПЕРАЦИЯНИ ЎТКАЗИШ РЕЖАСИ Kasallik tashxisini to'g'ri aniqlash. Og'riqsizlantirish usulini tanlash. Kasallangan a'zoga muqobil ochib kirish yo'lini tanlash. Kasallikka mos keluvchi operasiya amaliyotini tanlash. Operasiyadan keyingi parvarishni to'g'ri tashkil qilish. Operasiya natijalarini tanqidiy baholash.

N.K.BURDENKO triadasi Anatomik qulaylik. Fiziologik ruxsat – a'zo funksiyasini operasiyadan keyin u yoki bu darajada saqlab qolish imkoni Texnik imkoniyat – jarrohlik aralashuvining murakkab bosqichlarini mexanizasiyalash.

Jarrohlik operasiyalari turlari Ekstren (urgent, shoshilinch); Rejali; Radikal; Palliativ; Tanlov operasiyasi; Zaruriyat operasiyasi; Bir lahzali; Ikki lahzali; K¢p lahzali; Qo'shma (simultan); Kengaytirilgan; Kombinasiyalangan.

JARRO?LIK ASBOBLARI quyidagi guruhlarga ajratiladi: To'qimalarni ajratish uchun asboblar. Ularga turli skalpellar, amputasiya pichoqlari, qaychilar,arralar, iskana va boshq. kiradi. Qon to'xtatish uchun asboblar turli tipdagi qisqichlar (Xolsted, Pean, Bilrot, Koxer va boshq.), ligatura ninalari (Deshan, Kuper), elektrokoagulyatorlar va h.k. Yordamchi-fiksasiyalovchi asboblar pinsetlar, ilmoqlar, zondlar. To'qimalarni birlashtirish uchun asboblar. Ularga ninalar, ninatutuichlar, turli xildagi tikuvchi uskunalar (NJKA, UKL, UTL, tomir tikuvchi uskuna, videoendoxirurgiyada qo'llanuvchi stepler,klepperlar va boshq.). Maxsus asboblar ayrim operasiyalarda qo'llanuvchi asboblar. Masalan, traxeotomik kanyulyalar, amputasiya pichoqlari, trepanlar, ichak jomlari va h.k.

Traxeotomiya uchun asboblar: 1 – bir tishli o'tkir ilmoq – traxeya fiksasiyasi uchun; 2– traxeotomik kengaytirgich – jarohat qirg'oqlarini ochish uchun. 3,4 – traxeotomik naychalar: Biologik;Metall

Оstеоtоmlar Shtiftlar

N.I.PIROGOV – TOPOGRAFIK ANATOMIYaNING ASOSChISI 1837 y. - uning Arterial poyalar va fassiyalarning jarrochlik anatomiyasi asari bosilib chiqqan. Sankt-Peterburgdagi Tibbiy-xirurgik akademiyada anatomik institut tashkil etib (1846), unda amaliy, tasviriy va topografik anatomiyani birlashtirdi – 1848 yy. N.I. Pirogov yangi fan – topografik anatomiyani «Inson tanasi anatomiyasi toliq kursi. Tasviriy–fiziologik va jarroxlik anatomiyasi» asarida shakllantirgan. N.I. Pirogov fanni tadqiq etishning yangi uslublarini ishlab chiqdi va tatbiq etdi: muzlatilgan murdalarni uchta tekislik boylab arralab kesish (Pirogov kesmalari), muz chaykaltaroshligi,murdada tajriba qilish kabi usullar «Muzlatilgan inson tanasi boylab uch yonalishda otkazilgan kesmalarning illyustrasiyalangan topografik anatomiyasi 1837 й. - унинг Артериал поялар ва фасцияларнинг жарроҳлик анатомияси асари босилиб чиққан. Санкт-Петербургдаги Тиббий-хирургик академияда анатомик институт ташкил этиб (1846), унда амалий, тасвирий ва топографик анатомияни бирлаштирди – 1848 йй. Н.И. Пирогов янги фан – топографик анатомияни «Инсон танаси анатомияси тўлиқ курси. Тасвирий–физиологик ва жарроҳлик анатомияси» асарида шакллантирган. Н.И. Пирогов фанни тадқиқ этишнинг янги услубларини ишлаб чиқди ва татбиқ этди: музлатилган мурдаларни учта текислик бўйлаб арралаб кесиш (Пирогов кесмалари), муз ҳайкалтарошлиги, мурдада тажриба қилиш каби усуллар «Музлатилган инсон танаси бўйлаб уч йўналишда ўтказилган кесмаларнинг иллюстрацияланган топографик анатомияси асарида баён этилган (1851 – 1859).

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINING OPERATIV JARROHLIK VA TOPOGRAFIK ANATOMIYA KAFEDRASI VA UNING MUDIRLARI yy. professor V.F.Voyno-Yaseneskiy yy. dosent G.A.Ilin yy. professor F.I.Valker yy. professor N.S.Pereshivkin yy. va yy. professor B.A.Stekolnikov yy va yy. dosent Z.D.Semenixina yy. professor S.T.Noviskiy yy. professor F.F.Amirov. Professor Dolimov S.A. ToshPT I OJTA kafedrasi birinchi tashkilotchisi va mudiri, 1972 y. gacha ToshDavTI OJTA kafedrasida ishlagan yy professor N.X.Shomirzaev 1-ToshDavT I.va kurs rahbari 1990 yili 2 –ToshDavT I. ajjralib chiqishi munosabati bilan yy dosent Fayziev Sh.J yy 2-ToshGosMI ning OXTA kafedrasini professor Mirzamuxamedov A.G yi anatomiya kafedrasi bilan qo'shilishi munosabati b-n professor Mirsharapov O'.M kafedra mudiri va Mirzamuxamedov A.G yy kursiga rahbarlik qildilar

KAFEDRA TARIXI DOSENT FAayziev SH.J PROFESSOR Мirzamuxamedov А.,G yildan OXTA kursida professor Sagatov T.A, dosent Maxkamov Q.M, ass:Xudaybergenov B.E.Xo'janazarova S.Dj lar talabalarga dars berib kelmoqdalar