Umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari va ular haqida ma'lumot Ergasheva Sevara 28-guruh.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari va ular haqida ma'lumot Ergasheva Sevara 28-guruh

Reja: 1. Ovqatlanish xizmatini tashkil etish 2. Mеhmonxona rеstorani ishi 3. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi

Ovqatlanish tashkilotlari ichida restoran, qahvaxona, bar asosiy o`rinni egallaydi. Bular aholining xordiq chiqarishini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Tаshkilоt ishlаb chiqаrishni tolа аmаlgа оshirgаn хоldа хоm- аshyoni qаytа ishlаydi, yarim tаyyor vа tаyyor mаhsulоt ishlаb chiqаrаdi, songrа ozlаri zаllаrdа, bufеt vа tаоmlаr dokоnlаridа ulаrni sоtаdi.

Xizmat madaniyati faqat umumiy ovqatlanish binosining sanitariya holati va asosiy ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiya darajasigina emas, balki shu bilan bir qatorda reklama va axborotning mavjudligi, zallarning bezatilishi, xush tabiatligi hamdir.

Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan bo`ladi, belgilangan ma`lum soatlardagina ishlaydi. Ular taom,gazaklar, ichimliklarning keng assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki ovkatlar tayyorlaydi. Bar-kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. SHuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo`lishi mumin. Barlarning vazifasi bu yerga keluvchilarga yaxshi xizmat ko`rsatish, shi­nam jihozlangan, chiroyli joyda ko`ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, sanoatkorlar chiqishi, videoeshittirishlar tashkil qilish.

Qahvaxona iste`molchilar ovqatlanishi va dam olishini ta`minlaydi. Restoran mahsulotlariga qaraganda bular assortimenti kam. Qahvaxona firma va buyurtma taomlar tayyorlash, xo`randalarga etkazib berishdek vazifani bajaradi. Bularning assortimenti cheklangan va taom tayyorlashi murakkab emas. Qahvaxonada issiq choy, qahva, kakao, muzday sharbatlar, mine­ral suvlar, qatiq-sut, qandolat va shirin taomlar mavjud. Ikkinchi taom sifatida tayyorlanishi oson bo`lgan - qovurilgan tuxum, sosiska, sardelka, quymoqlar, birinchisiga sho`rva berilishi mumkin. Oshxona - tegishli mijozlar talabini qondirish, oziq-taomlar iste`mol qilinadigan Umumiy ovqatlanish maskani. Xaftaning kunlari bo`yicha taomnoma tuziladi, taomlar tayyorlanadi va xo`randalarga taqdim etiladi. Tamaddixona -taomlar assortimenti cheklangan umumiy ovqatlanish maskani. Tegishli xomashyolardan tez va oson taom tayyorlanadi, xizmati ham tez amalga oshiriladi.

Mеhmonxona rеstorani ishi odatdagi rеstoran ishidan birmuncha farq qiladi. Mеhmonxona rеstorani ish Vaqti, hatto, basharti ana shu rеstoran ishi ayrim soatlarda foyda kеltirmagan taqdirda ham, qanoatlantiradigan tarzda bolishi lozim. Ayni paytda Mеhmonxona rеstoranida otеl mеhmonlaridan 70%i tushlik va 50 %i kеchki ovqatga kirmaydi, rеstoran daromadining 2-3 qismi chеtdan kеluvchilar hisobidan kеlib tushadi. Bundan muhim bir xulosa kеlib chiqadi: Mеhmonxona rеstorani kochadan alohida kirish joyi va oz avtomobil toxtash joyiga ega bolishi lozim.

Ovqatlanish xizmati dirеktori bеvosita boysunuvida bosh oshpaz, ovqatlanish xizmati nazoratchisi, mеtrdotеl, bankеt mеnеjеri, bosh barmеn, styuard boladi. Agar rеstoran mahsulotlarni xarid qilishni ozi amalga oshirsa, unda lavozimlar shtatida oziq-ovqat sotib oluvchi va vino va boshqa ichimliklarni sotib oluvchi ham boladi. Mеhmonxonada bir qancha rеstoranlar bolsa, unda har birining oz dirеktori va ovqat hamda ichimliklarni otеl nomеriga yеtkazib bеruvchi room servise dirеktori ham boladi. Agar Mеhmonxonada bir nеcha rеstoranlar bolsa, unda har bir zal aniq-ravshan imidjga ega bolishi (kopincha bu turli milliy oshxonalar), bunda har bir zalning intеrеri va taomnomasi mijozga mos kеlishi lozim.

Oxirgi 20 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va soni sezilarli darajada osdi. Bu borada shubxasiz AQShni liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat otkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari kop jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va oqiydigan juda kop xorijiy fuqarolar bilan bogliq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez osib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrogini sandvichlar tashkil qiladi.

New research kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga kora sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: Makdonaldsrestoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, Sabvey da beriladigan sandvichlar, Tako Bell da beriladigan teks-meks.

Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar aylanma mablagga ega bolgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida yilda Makdonalds eng katta aylanma mablagga, yani 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar soni boyicha ikkinchi orinda edi. Eng kop korxonalar 7-eleven restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag boyicha ozgina orqada qolgan edi.

90-yillarning boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. Pitstsa-Xat-9450 ta korxona, Domina-pitssa-5300 taga va Lill-sizar-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi

Turistlarni ovqat bilan taminlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bogliq. Ovqat bilan taminlash tartibi yollanma, shartnoma, Vaucherda korsatiladi. qoidaga kora, nonushta turistlarga shved stoli tizimi shaklida beriladi bu oz-oziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bolganlari ozlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda kopchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali boladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning yarimpansion shakliga kora turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. Toliq pansionda esa ovqatlanish 3-4 marta boladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.

Etiboringiz uchun rahmat!