O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTINGLARDAGI KO'RSATKICHLARINI KO'TARISHNING TARIXIY VA SIYOSIY AHAMIYATI Mavzu:

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTINGLARDAGI KO'RSATKICHLARINI KO'TARISHNING TARIXIY VA SIYOSIY AHAMIYATI Mavzu:

Reja: Ozbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining ornatilishi va rivojlanishiva rivojlanishi O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlari. O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarini ko'tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.

Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taminlash, talim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda. Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bolgan maqsadlarga erishish yolida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy- texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan boladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar ortasidagi kop tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bolib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy davrlardan malum bolsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro tashkilotlar asosan XIX asrning 2-yarmidan etiboran tashkil topa boshlagan.

Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bolinadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat meyorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular oz ornida turli tashkilot va harakatlarga bolinishi mumkin (masalan, Qoshilmaslik harakati yoki 77 lar guruhi). Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qollanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar deb yuritiladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, oz byudjetiga ega bolib, unga azo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar oz vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni oz zimmasiga olishi mumkin.Shuningdek Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga boysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat korsatmoqda. Xalqaro tashkilotlar davlatlar ortasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yonalishlariga, jahon siyosatida tutgan orni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bolib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi.

Ozbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni taminlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni korsatadi. Kopgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qoshilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yolga qoyildi yil iyul oyida Ozbekiston NATOning Tinchlik yolidagi hamkorlik dasturiga qoshildi. Bu dasturga kora Ozbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida otkazilgan harbiy mashqlarda, Ozbekiston hududida amerikaliklar bilan otkazilgan desantchilarning Ultrabalans-96 harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada otkazilgan Kooperativ bankers-97 mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun oziga xos mahorat maktabi, tajriba bolib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi yil aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi Tinchlik yolidagi hamkorlik dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda Ozbekistonning ishtirokini kafolatladi.

Ozbekiston bilan YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorligi ham oz samarasini bera boshladi yil 26 fevralda Ozbekiston YEXHT kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekib, ikki ortadagi hamkorliklar boshlandi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri Ozbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bolinmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari boyicha Byurosi mintaqada barqarorlikni taminlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yolga qoyib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YEXHTning Inson huquqlari boyicha milliy institutlar, Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida mavzusidagi bir qator anjumanlari otkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq talimi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini korib chiqdi. Bunday yigilishlarda Ozbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bolib qoldi.hujjatiga imzo chekib 1996 yilda Lissabon shahrida YEXHTning sammiti bolib, Ozbekiston rahbariyati xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etdi. Mazkur anjumanda Prezidentimiz yigilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona, deb yana bir bor elon qildi. Ozbekiston rahbariyatining mojarolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog yetkazib berishni toxtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.

1999 yil noyabr kunlari mazkur tashkilotga azo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bolib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yigilishda Ozbekiston rahbarining maruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlik taminlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. Ozbekiston Prezidenti yigilishda global ahamiyatga ega bolgan terrorizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tishkilotlarni ildizi bilan yoqotish orqaligina mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligini taminlash mumkinligini alohida takidladi. Ozbekiston bilan YEXHT ortasidagi munosabatlarda millatlararo munosabatlarga oid masalalar ham muhim orin tutmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 29 martda Oqsaroyda YEXHTning kamsonli millatlar masalalari boyicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qilishi va u bilan maslahatlashuvlar ham ikki ortadagi hamkorliklar rivojiga xizmat qildi.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari boyicha Oliy komissari idorasi ortasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham korib chiqildi. K.Vollebek 2010 yilning iyunida Qirgizistonning janubiy hududlarida yuz bergan fojeali voqealar paytida Ozbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday har tomonlama puxta oylangan ogir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini alohida qayd etdi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri boldi. Bu kurashga Ozbekiston ozining katta hissasini qoshmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: Ozbekistonsiz bizning Afgonistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bolmas edi, degan edi. Ozbekistonning ichki rivoji va jahonda ozining munosib ornini topishida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham oz hissasini qoshmoqda. Ozbekiston bilan YEI ortasidagi bitim 1996 yil iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yigilishida Ozbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning Fortezza de basso qalasida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik togrisidagi bu hujjat Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, oz orni va ovoziga ega bolishida katta ahamiyat kasb etdi.

Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni Ozbekiston bilan YEI ortasidagi munosabatlarda Yangi turmush nuqtasi, deb atagan edi. Mazkur bitim Ozbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yolida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilgor davlatlar bilan bolayotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega boldi. Ilm-fan, madaniyat, sanat, talim sohasidagi ozaro hamkorlikning keng kolamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bolib xizmat qildi.Fransiya Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 24 yanvarda Bryusselga amalga oshirgan taklifi Yevropa va Ozbekiston ortasidagi hamkorlikda yana bir yangi davr ochdi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuyel Barozzo bilan uchrashuv va ikki ortada moliyaviy va texnikaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish togrisidagi memorandumning imzolanishi muhim ahamiyat kasb etdi. J.M.Barozzo Yevropa Ittifoqining 2007 yilda qabul qilingan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boyicha strategiyasini amalga oshirilishida Ozbekiston hissasini yuqori baholadi. Shuningdek, tashrif jarayonida Ozbekistonda Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonasini tasis etishga kelishildi. Bu bundan buyongi ikki tomonlama muloqotning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi.