O'zbekistonda ta'lim tizimi. 1. Xalq ta'limi tizimi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda ustuvor soha 2. Uzluksiz ta'lim tizimi.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

o'zbekistonda ta'lim tizimi

1. Xalq ta'limi tizimi respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda ustuvor soha 2. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari. 3. Maktabgacha talim. 4. Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimi 5. Oliy talim 6. Kadrlar masalasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 7. Maktabdan tashqari talim

XALQ TA'LIMI TIZIMI RESPUBLIKAMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY RIVOJLANTIRISHDA USTUVOR SOHA XALQ TA'LIMI TIZIMI RESPUBLIKAMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY RIVOJLANTIRISHDA USTUVOR SOHA Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruychi hamda malum bir qoidalar asosida tashldl etilgan barcha ta'Iim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O'zbekistonda Xalq ta'limi tizimi respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor soh'asi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimi respublikamizning ilm borasidagi kuch-quv-vatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydi-gan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Xaiq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va 41- moddalarida ko'rsatil-ganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni, o'qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi.

1991- yilning 31- avgustida respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi: Istiqlol e'lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribala-ridan kelib chiqib, eng birinchi navbatda, mustaqil respubli-kamizning xalq ta'limi sohasida islohot o'tkazish masalasi ko'tarildi. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risida"gi qo-nuni ta'Iim tizimining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar joriy etildi va bajarilishi majburiy, deb qayd qilindi.

Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplari ta'limning ustuvoriigi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi ; ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat- jamiyat tizimiga o'tilishi; ta'limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochi-lishi va uning ta'limiga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining a'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabat-larining uyg'unlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart- sharoitlar yaratish. ta'limning milliy yo'naltirilganligi ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMI VA TURLARI Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartiari asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchiliigi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb- hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.

Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha " 1 ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. MAKTABGACHA TA'LIM

Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish iozim bo'ladi: 1 malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; 2 maktabgacha ta'limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; 3 bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash; 4 zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 5 o'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ish-larni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish. 6 maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; 7 maktabgacha tarbiya muassasalarining har xil turiari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiya-ning barcha masalalari bo'yicha malakali konsultatsiya xizmati ko'rsatish imkoniyatini yaratish; 8 maktabgacha tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quwatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

To'qqiz yillik (IIX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni (I IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof- muhitga Ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakliantiradi. [Umumiy o'rta ta'lim tugallanganidan keyin o'quv fanlari va ular bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. UMUMIY O'RTA TA'LIM

Umumiy o'rta ta'lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimi- dagi mustaqil turdir. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishi akademik iitsey yoki kasb-hunar kolleji o'quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beradi. O'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holdaularningjadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi. Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlagan ta'lim yo'-nalishi bo'yicha (ijtimoiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish imko-niyatiga ega bo'ladilar. Bu ko'nikmalarni o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyati jarayonida ro'yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolieji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi: o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlagan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir.necha ixtisosni egallsh imkonini beradi. Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkib-ning tanlanganligi, o'quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o'quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi. O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI

Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asosla-nadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. i Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari va pullik- shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. \ Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so'ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan, kasb bo'yicha bakalavr" darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshi-riladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir., Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. OLIY TA'LIM

Oliy o'quv yurtidan keying! ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadriarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta'lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlanti-rishga qaratilgan, Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni oliy o'quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktoran-tura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko'ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. OLIY O'QUV YURTIDAN KEYINGI TA'LIM

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxas-sisiarning kasb biiimiari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnorna yoki sertifikat topshiriladi. i Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur: kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish; yuqori malakali o'qituvchi-rnutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to'ldirib borishni ta'minlash; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta'minlovchi normativ bazasini yaratish; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasaiarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o'tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalaming talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta'minlovchi davlat va nodavlat ta'lim muassasaiarini tashkil etish va rivojlantirishga ko'maklashish; professional treningning ilg'or texnologiya va uskunalarini, shuningdek, murakkab fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o'zlashtirib olish.

Bolalar va o'smirlarning ta'limga bo'lgan yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etadilar. Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, ularning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: ta'lim berish va kamol toptirishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatuvchi muassasalar tarmog'ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko'paytirish; milliy-pedagogik kadrlarga asoslangan va jahondagi ilg'or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish; o'quvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishning, shu jum-ladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish. MAKTABDAN TASHQARI TA'LIM

ADABIYOTLAR 1.Toshmurodova Q. Talim tarbiyani rejalashtirish xususiyatlari T R.Mavlonova O.Toraeva Pedagogika Oqituvchi Toshkent 2010 yil 3.Gaybullaev Talim tarbiyaning amaliy yonalishi Toshkent 1986 yil 4.Internet malumotlar