Mavzu:Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. BAJARDI:MELIBOYEVA MARXABO 207 BT.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Mavzu:Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. BAJARDI:MELIBOYEVA MARXABO 207 BT

Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti Fan sifatida yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi. Hozirgi zamon yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari. Yosh va pedagogik psixologiyada tadqiqot metodlarining ilmiy va amaliy ahamiyati. REJ A

Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezidagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini organadi. Yoshning ulgayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yolining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar- yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, konikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boladigan individual tafovutlarni, oquvchilarda faol, mustaqilva ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik psixologiya-talim va tarbiyaning tasiri oqibatida oquvchilar psixikasida sodir boladigan ozgarishlarni, oquv materiallarining oquvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishini, turli talim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar,oquv qurollari va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bolgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya organadi.

Psixologiya faniga bolgan zaruriyat : Nega ilmiy yondashuvdan hosil bolgan xulosalar intuitsiya va umumiy odatiy ong orqali hosil bolgan xulosalardan kora ishonchliroqdir? Bazi insonlar oylaydilarki, psixologiya fani odamlar shundogam biladigan narsalarni shunchaki ilmiy tilda qogozga tushirish bilan shugullanadi: «Psixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik bolib qoldi – mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va tajribalaring orqali isbotlaysan va bu uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu orinda boshqalar esa intuitsiyaga (ichki sezgilari) ishonadilar: «Har birimizning tub-tubimizda eng ishonchli yolni korsatadigan instinkt va yurakdan his qiladiganimiz, yolboshchimiz bor – biz shunchaki osha tuygularga erk bersak, boldi», – deya maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi Charlz.

XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yonalish yuzaga keldi. BiogenetikSotsiogenetik Biogenetik y o`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin yetakchi rolni biologik yani irsiy omillar bajaradi. Sotsiogenetik yonalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hisoblaydilar. Garbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning Fazoviy zarurat maydoni nazariyasi va boshqalar kiradi.

Hozirgi zamon yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy vazifalari. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namayon boladigan psixik faoliyat. Holat va shart-sharoitlarning ozaro tasiri xususiyatlarini organishdan iboratdir. Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalari ni esa psixik jarayonlarning namoyon bulishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini organishda qolga kirgan ilmiy dalillarini talim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalari dan biri- maktabdagi talim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bolib, bu hol yangi talim dasturiga otish munosabati bilan bogliqdir.

Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari

Kuzatish – voqealarga aralashmay, psixologik hodisa tabiiy sharoitda qanday yuz berayotgan bo`lsa, shu holida o`rganiladi. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak: 1) kuzatish maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatish obyekti tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi; 6) qaysi faoliyat kuzatilishi belgilab olinadi; 7) kuzatish shakli (yakka, guruhiy, jamoaviy) belgilanadi; 8) kuzatishni qayd etib borish vositalari (kundalik, kino-video, foto, magnit yozuvi va boshqalar) tanlanib, natijalar sistematik ravishda qayd qilib boriladi.

Suhbat. Bu metod yordamida psixik hodisalarning ichki – subyektiv tomonlari o`rganiladi. Inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, vaqti, joyi aniqlanadi, yakka, guruhiy va jamoa bilan bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilingan jarayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir.

Anketa metodi. Shaxsga xos bo`lgan individual sifatlar-qiziqish, qobiliyat, talant. Xarakter kabilar anketa yordamida ham o`rganiladi. Bunda o`rganuvchi o`rganilishi lozim bo`lgan individual sifatga oid bir qancha savollar tuzadi. Bu o`rganiluvchiga yetkaziladi va uning bu savollarga javob qaytarish muddatini belgilaydi. O`rganiluvchining belgilangan muddatda qaytargan javoblarini tahlil qilib, malum xulosalarga keladi.

Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni to`liqroq o`rganish maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik malumotlar, xarakteristikalar, xatlar (boshqa shaxs bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik malumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalash, nazorat qilingan, idora etish, o`zining uslubini yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o`taydi.

Test. Test-inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o`sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llanadigan qisqa standart masala-topshiriq, misol, masala, jumboqlar, boshqotirmalar ham test deb atalishi mumkin. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodli yoki istedodli emasligini - aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi.