1.Mediasovodxonlik ekotizimi 2.Mediasavodxonlik tarifi 3.Feyklarni filtrlash 4.Posthaqiqat 5.Mediasavodxonlikning asosiy qonunlari 6.Mediasavodxonlik.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

1.Mediasovodxonlik ekotizimi 2.Mediasavodxonlik tarifi 3.Feyklarni filtrlash 4.Posthaqiqat 5.Mediasavodxonlikning asosiy qonunlari 6.Mediasavodxonlik nazariyasi

MIS ekotizimi: asosiy tushunchalar Axborot savodxonligi Kutubxona savodxonligi Nutq erkinligi Raqamli savodxonlik Kompyuter savodxonligi Internet savodxonligi Oyin savodxonligi Kino savodxonligi Tele savodxonlik Yangilik savodxonligi Reklama muhitidagi savodxonlik Media savodxonlik

YuNESKO tarifiga kora, mediasavodxonlik – bu izlash, tanqidiy baholash, axborot va mediakontentni vakolatli joylashtirish; ommaviy axborot vositalari va AKТ ortasidagi ozaro aloqalarni bilish; tenglik, soz erkinligi, madaniyatlararo / dinlararo muloqot, tinchlik va boshqalarni targib qilish yolidagi vakolatlar toplami.

Feyklarni qanday qilib filtrlash mumkin. Тarmoqda axborotni oqilona qidirish (axborotni filtrlash, uni saqlash va berilgan parametrlar boyicha ozgartira olish qobiliyati) Mediamatnlarni tushuna olish va dekodlashtirish (mediamatnning va kontekstning konsepsiyasini, yashiringan mazmunini tushuna olish, shuningdek olingan axborotning ozi tomonidan baholanishini tashkil eta olish qobiliyati) Тurli janrlarda ozining mediamatnlarini yaratish Shaxsning axborot xavfsizligi (mediamuhitda muloqot qilish etikasiga rioya qilish, mediaviruslarni topa olish, raqamli detoks asoslarini bilish)

Birinchi bor Mediasavodxonlik indeksi «posthaqiqat» fenomeniga javob sifatida 2017 yilda yaratilgan edi. Yolgon (feykli) voqea koplab odamlarga ortacha olti baravar tezroq yetib boradi. Nima uchun bunday boladi? "Feykli yangiliklar" ga qarshilik korsatish darajasini qanday olchash mumkin? Media-savodxonlik va feykli yangiliklarni tanib olish qobiliyatiga tasir qiluvchi omillar: mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari erkinligi darajasi (e–participation) elektron ishtirok etish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali fuqarolik faolligiga yordam berish va yoq qoyiladigan boshqaruvni amalga oshirish talim sifati shaxslararo ishonch

Ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar, Internet, kutubxonalar va boshqa har qanday malumotni taqdimot qilish usullari tanqidiy fikrlash va jamiyatni barqaror rivojlantirish uchun moljallangan boladi. Hech qanday format boshqalar bilan taqqoslaganda koproq yoki kam ahamiyatga ega bolmaydi. Har bir insonning aytadigan sozlari bor. Odamlar yangi bilimlarga ega bolishi va ozini namoyon qilishi kerak. Hamma bilimlar ham haqiqat yoki neytral bola olmaydi. Axborot istemolchilari buni tushunishlari kerak. Har bir inson yangi malumotlarni organishni va tushunishni xohlaydi (hatto odam ozi buni sezmasa ham). Axborot va media savodxonlik bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Bu dinamik va murakkab jarayondir.

Mediasavodxonlik nazariyasi Mediasavodxonlik nazariyasini ilk bor 1987 yilda Kanadada Djon Pundjente ilgari surgan. Uning asosiy postulatlari – quyidagilardir:

1. Barcha mediamateriallar tuzilgan boladi Bu eng muhim goyadir. Biz instinktiv ravishda koplab ommaviy axborot vositalarini haqiqatan ham sodir bolayotgan voqealarning bevosita namoyishi deb bilamiz, ammo bunday emas. Internet-memni tarqatganimizda yoki selfi qoyganimizda, biz ozimizning haqiqiy hayotimizni aks ettirmaydigan ommaviy axborot vositalarida tasvirning tarqalishiga hissa qoshamiz. Mediasavodxonlikning vazifasi - bu xabarlarni dekonstruksiya qilish (ularni qanday tayyorlanganligini korsatish uchun alohida korib chiqish).

2. OAV bizning voqelikni idrok qilishimizni shakllantiradi Bizning dunyoqarashimizning aksariyati ularda joylashtirilgan pozitsiyalar, sharhlar va xulosalar bilan yaratilgan media-xabarlarga asoslanadi Fotosuratlar bazan bizga eng obektiv malumot turi bolib tuyuladi. Biroq, mediasavodxonlik bizga quyidagini orgatadi: biz faqat fotograf yoki rejissyor nimani korsatishni xohlaganini koramiz, kamera obektivining orqasida nima bolayotganini kora olmaymiz. Raqamli texnologiyalar fotografga rasmning mazmunini osongina ozgartirishga imkon beradi va biz aslida kamerada nima suratga olinganini tasavvur ham qila olmaymiz.

3. Maqsadli auditoriyalar xuddi osha mediaxabarlarni turlicha qabul qilishadi Har qanday media mahsulotning mazmuni nafaqat uning ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratiladi. Aksincha, bu ular va tomoshabinlar ortasidagi hamkorlikdagi ishdir. Axborot istemolchilarining turli xil auditoriyalari bitta hodisaning turli xil mazmunlarini namoyish etishlari mumkin. Mediasavodxonlik bizni odamning yoshi, jinsi, irqi, ijtimoiy mavqei, oilaviy va madaniy bekgraund, axloqiy tamoyillar ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr etilgan malumotlarning talqiniga qanday tasir qilishini tushunishga orgatadi.

4. Media – bu birinchi navbatda foyda olishga yonaltirilgan korxonalardir Aksariyat media foyda keltirishi kerak bolgan biznesdir. Mulkchilik va nazorat qilish masalalari markaziy ahamiyatga ega boladi: odamlarning nisbatan kam qismi biz korayotgan, oqigan va ommaviy axborot vositalarida eshitgan narsalarimizni nazorat qiladi. Medialarga egalik qilish yanada koproq darajada jamlangan. Dunyo yangiliklarining aksariyati bir nechta media korporatsiyalar tomonidan boshqariladi va cheklanadi. Internet yaratuvchisi, dunyoni ozgartirgan britaniyalik olim, URI, URL, HTTP, HTML ixtirochisi, Butunjahon Internet tarmogidagi konsorsiumning hozirgi rahbari Тim Berners-Li shunday deb yozadi: "Google, Microsoft, Yahoo, Apple, Facebook... Siz ularning mahsulotlaridan foydalanayapman deb oylayotganingizda, ular sizning malumotlaringizdan foydalanadi, Internetni ozaro taqsimlaydi va tobora qattiqroq shartlarni belgilay boshlaydi."

Shuningdek, biz nashr etayotgan narsalarning aksariyati senzuraga uchraydi yoki ommaviy axborot vositalari egalarining manfaatlariga mos kelishiga qarab cheklanadi. Ularning daromad olish motivatsiyasi nafaqat biz koradigan yoki kormaydigan ommaviy axborot vositalarini belgilabgina qolmasdan, balki oddiy foydalanuvchi nimani va kimga Internetda post qilishi va onlayn gaplashishi mumkinligini aniqlaydi. Bunga bizni "Axborot pufagi" yoki "filtrlar pufagi" deb atalmish narsada ushlab turadigan yangi Feysbuk algoritmlari misol bolishi mumkin.

5. Kopchilik mediaxabarlar goyalashtirilgan boladi va u yoki bu qadriyatlarni targib qiladi Aksariyat mediamahsulotlari malum manoda reklama hisoblanadi, chunki ular brendlarni, savdo belgilarini, shaxslarni va qadriyatlarni va turmush tarzini targib qilishadi. Media istemolchilarning qiziqishini ragbatlantirish, hokimiyat idoralarining harakatlarini maqullash va boshqalar uchun xizmat qiladigan aniq yoki yashirin tarzdagi mafkuraviy xabarlarni ifoda etadi.