Abu Ali ibn Sino (980-1037) Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
BUYUK SIYMOLAR. ( ) Muso al-XORAZMIY ( ) Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy orta osiyolik buyuk matematik, astronom. Xivada tugilgan,
Advertisements

5-mavzu Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bеrgan uyg`onish davri. Ajdod larimizning jahon sivi- lizatsiyasiga qo`shgan hissalari (VIII-XII, XVI-XV)
The great thinkers of the East world Prepared by: Group-106, Yuldasheva Xumora, Aytmuratova Barno, Tursunova Aziza.
Abu Ali ibn Sino ( ) Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar.
Транксрипт:

Abu Ali ibn Sino ( ) Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.

Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida kichik amaldor oilasida tug`iladi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al- Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko`chib o`tgach, u boshlang`ich maktabda o`qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo`r, mehnatsevar edi. Undagi tug`ma qobiliyat, o`tkir zehn, kuchli xotira o`zaro birikib ketgan edi.

Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do`stlari bilimdon kishilar bo`lib, ularning ilmiy munozaralari o`tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta`sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o`smirlik yillari o`tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo`lib hisoblanar edi.

Buxoroda ko`plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo`lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan.

Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta`lim oladi. Shundan so`ng ibn Sino o`zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug`ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta`lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo`ldi. Ibn Sino so`ngra falsafani o`rganishga kirishadi.

Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to`liq o`zlashtirib oladi. IX asr oxiri – X asr boshlariga kelib, o`lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko`chib o`tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma`mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug`ullana boshlaydi. Xorazmda o`zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib boradi.

Mahmud G`aznaviy 1017 yilda Xorazmni o`ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o`z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G`aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so`nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 1037 yilda vafot etdi.

Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo`lsa ham.

Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l- ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma`no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma`nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g`am min al mivt» («O`limdan keladigan g`amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An- Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir.

Ma`lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim- tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy- falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi.

Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o`rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.

Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir»

Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib. Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi.

U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi.

Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:

Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi. O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.

Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi:

bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik; ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish; olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi; o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish

Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil- yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.

Talabaga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish; berilayotgan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi;

ta`limda turli metod va shakllardan foydalanishi; talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olishi; berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi olim

Ibn Sino ta`limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko`rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo`lgan.

Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini o`stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta`lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg`oq o`g`li Tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini ibn Sinonining o`zi ham ta`kidalaydi. Mazkur asarni ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo`lgan Faradjon qal`asi qamoqxonasida yozga deyishadi

Ibn Sino bu asarida ilm – ma`rifatni o`rganishga kirishishi natijasida ko`zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn Yaqzon) ko`ziga ko`ringani va ilm ham unga o`z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o`lim bilmaydigan Uyg`oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi.

Tafakkur qilib zarur bo`lgan va bilishi mumkin bo`lgan narsalarni o`qishga kirishgani, bu yo`lda aqlni ishga solib, o`zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi

Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag`ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o`zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bo`lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.