Скачать презентацию
1 Akademik yozuv
2 Mavzu: Referat. Referat turlari Fan nomi: akademik yozuv Guruh: Guruh: Bajardi: Matkarimov Azizbek Bajardi: Matkarimov Azizbek Tekshirdi: Tekshirdi:
3 Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
4 Referatning oziga xosligi: keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bolmaydi, matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
5 Referatlar turlari. Bayonning toliqligi boyicha Referatlanadigan manbalar soni boyicha
6 Bayonning toliqligi boyicha: 1.Axborotli (referat-konspektlar) 2. Indikativ (referat – rezyumelar) Referatlanadigan manbalar soni boyicha: 1. Monografik 2. Tahliliy
7 Referatning tuzilishi 1.Bibliografik bayon 2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni
8 1. Bibliografik bayon - Referat matni 2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni - Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va tuzilishi. - Qisqacha mazmuni. - Aniq natijalari. - Muallif xulosalari. - Ish natijalari qollaniladigan soha.
9 Referat diqqat-etiborni yangi malumotlarga qaratadi va boshlangich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi! Oquv fani boyicha referatlarning tayyorlanishi oqishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi: - Oquv fanining dolzarb nazariy masalalari boyicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qollanilishi. - Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning ozlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qollanish imkoniyatlari va muammolarining organilishi.
10 - Tanlangan mavzu boyicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) organish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni togri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.
11 Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni ozlashtirib olishdan iborat bolib qolmasligi, yani kochirmachilik va kompilyasiya mahsuli bolmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bolgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
12 Referat ( lot. Refero - axborot beryapman) - biror ilmiy asar, maqola, o'qilgan kitob va shu kabi mazmunining qisqacha Yozma yoki og'zaki bayoni; o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalardan olingan sharxli tahlilini o'z ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza.lot.
13 Referat, manba, ilmiy axborotni o'taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, ilmiy ilmiy tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinishi va tanqid qilinishi mumkin. O'zbekistonda referat maktab ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar, kasb- hunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida ko'p qo'llanmalar didaktik vositadir. Umumiy o'rta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalarining fakultativ mashg'ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat emas. Dissertatsiya olingan referat (avtorferat) da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va natijalari ifodalanadiO'zbekistonda
14 Davlat standartiga asosan, referat - hujjatning mazmuni, asosiy faktik ma'lumotlar va mahsulotlarning, muallifning qo'shimcha izohlashi yoki tanqidisiz, lo'nda ifodasidir
15 referat rejasini tuzish Referat rejasi quyidagilarni oz ichiga olishi kerak: kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxati, ilovalar (referatning shart bolmagan qismi).
16 Referatning rejasi tanlangan mavzuda korilishi lozim bolgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yonalish olishga imkon beradi, uning togri tanlanishi va bayon qilish mantiqini taminlaydi. Har bir bandi qatiy tanlangan material bilan taminlangan puxta oylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining goyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi ozining londa va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bolinishi zarur.
17 Toplangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi. Agar referat monografik bolsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bolsa), unda kirishda quyidagilar korsatiladi:
18 1) muallif haqidagi qisqacha malumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari); 2) manba mavzuining qisqacha bayoni; 3) ishning maqsadi; 4) ishning ruknlari; 5) muallifning ustuvor yonalishi va boshqalar.
19 Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining matni toplangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bolinishi zarur. Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm boyicha bajarilishi lozim: vazifa ishlab chiqilishi xulosa.
20 Bayon qilish shakli – referentning tanlashi boyicha: konspektli, parchali, tahliliy boladi. Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas boglanadigan statistik materialga ega tahlil zarur. Keng hajmdagi statistik malumotlarni jadvallarga yigish maqsadga muvofiq. Statistik malumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
21 Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik malumotlar olingan manbalarning sarlavhalari korsatilgani holda qayd qilinishi lozim. Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari korsatilishi kerak. Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan kochirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar sozma-soz kochirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
22 Munozarali masalalar boyicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qoshiladigan yoki ozining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni organish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni oz ichiga oladi.
23 6. Adabiyotlar royxatining rasmiylashtirilishini tekshirish Foydalanilgan adabiyotlar royxati qatiy belgilangan tartibda tuziladi: 1. OzR qonunlari. 2. OzR Prezidenti farmonlari. 3. OzR Hukumati qarorlari. 4. Meyoriy hujjatlar, yoriqnomalar. 5. Kitoblar, davriy nashrlarda elon qilingan maqolalar. 6. Internetdan olingan axborot manbalari.
24 Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar korsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bolsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.
Еще похожие презентации в нашем архиве: