Скачать презентацию
1 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi BOTIRJONOVA GULGINA ARAB-INGLIZ 3 GURUH TALABASI SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI Psixologiya
2 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Hissiyot haqida tushuncha; His - tuyg`ularning vazifasi; Hissiy holatlarning ifodalanishi; Yuksak hislar va uning turlari; Iroda haqida tushuncha; Reja:
3 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
4 Hissiyot Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. Hissiyot tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
5 Odam tashqi muhildagi turli-tuman narsa va hodisalami idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bolmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik korsatadigan ob'ektlarga subekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
6 His - tuyg`ularning vazifasi Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir - birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
7 Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish). Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
8 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
9 Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida namoyon boladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma'lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shugullanish kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning oziga tasir qilib, uni ozgartiradi. Masalan, hohlamasdan ozini majbur qilib ishlayotgan odam bilan ozi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi ortasida juda katta farq mavjud. Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bolganda ishi ham barakali boladi, aksincha odamning dili ham, qandaydir tashvishli yoki gamgin bolganda qoli ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
10 I.P.Pavlov tirik mavjudotlaming atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan buziladigan dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emosional kechinmalaming ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv boglanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklaiga duch kelishi natijasida dinamik stereotiplaming "ozgarishi" salbiy emosional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot bu uning kechiriiishining turli shakllari faqat darak vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlari juda kop tana ozgarishlar ifodalanadi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
11 Kopincha emotsiyalar ozining ta'sirchanligi bilan bir-biridan ajraiib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiv holatlar stenik (yunoncha sozdan olingan bolib, kuch degan ma'noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quwat, qanoat bagishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs "parvoz qiladi", "yulduzni narvonsiz oladi", kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turgunov iugatida stenik hisga quyidagi ta'riflar uchraydi: stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-gayratimng orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
12 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
13 Hissiy holatlarning ifodalanishi Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, ovoz mimikasi va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, tutilmasdan gapirish yoki alohida silliqlikhamda ifodalilikning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
14 Affekt holati Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlashsingari birdaniga boshlanib ketadi. Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda o`zini yo`qotib qo`yish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
15 Stress Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sudyalar, korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
16 Ehtiros Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish mumkin. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
17 Kayfiyat Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Kayfiyat - odamning nisbatan zaif va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, odatda uzoq vaqt davom etadigan ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy hissiy tus berib turadigan holat kayfiyat deb ataladi. Pedagogik faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir
18 Yuksak hislar Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy) axloqiy Intellektual estetik hislarga ajratiladi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
19 Praksik hislar Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi.
20 Axloqiy hislar Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
21 Aqliy intellektual hislar Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Aqliy (intellektual) hislar odamning haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali, tushunarli yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi. Aqliy hislarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib ketgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini ondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.
22 Estetik hislar Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, olijanob yoki razil, nozik yoki dag`al hodisalar sifatida munosabatda bo`ladilar. Bu hislar tegishli baholarda, estetik didlarda namoyon bo`ladi va o`ziga xos, badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
23 Iroda haqida tushuncha Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Kishining o`z oldiga qo`yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to`siqlarni harakat yordamida engish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayonni so`zning asl (tor) ma`nosida iroda deb atash qabul qilingan. Ichki to`siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo`lgan vazifaga aloqasi bo`lmagan boshqa biror narsa bilan shug`ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo`lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub`ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo`r berish tufayli ularni engadi. Tashqi to`siqlar ishning o`ziga xos bo`lgan ob`ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko`rsatishi, ishning og`ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko`zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo`r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo`lib qolganda o`zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".
24 I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to`xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir. Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash- to`xtatuvchi vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi va ularda o`zini namoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo`ysungan bo`ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog`liq bo`lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o`z- o`ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo`la qolgin!" degan ma`noga ega bo`lgan so`zni bildiradi) deydi va go`yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi. Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 ©
25 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Bevosita irodaviy harakatga undaydigan sabablar, ehtiyojlar, uning motivlari va maqsadlari, ishtiyoqlari, istaklari va hokozolari kiradi. Bo`lar aniq bo`lsa, bunday intilish istak deyiladi. Anglanmagan intilishlar havaslar deb ataladi. Havas istakka qaraganda kishining irodaviy yordamini kamroq oladi va shu sababli havasning maqsadi ko`pincha real amalga oshmaydi. His-tuyg`ular irodaviy harakatlarga undaydigan muhim sababdir. Ular qiyinchiliklarni engishga, o`z oldiga qo`yilgan maqsadga sabot bilan erishishga undaydi. Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta. Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.
26 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo`ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko`zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo`l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo`ladi va ikki bosqichga ajratiladi: 1) tayyorgarlik; 2) bajarilish; 1- Niyatni, maqsadni, anglashni ba`zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o`z ichiga oladi. Masalan, oliy o`quv yurtiga kirish bosqichlari. 2- Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o`zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po`stlog`idagi qo`zg`alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog`langan bo`ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to`xtatib qolishda, yo`q qilishda nomoyon bo`ladi.
27 Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. BOTIRJONOVA GULGINA, ARAB-INGLIZ TALABASI,2020 © Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi. 1.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo`lmagan qiyinchilikni, vaqt o`tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal`a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal`ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak. 4. Agar kishi uzoqqa mo`ljallangan maqsadni oldiga qo`ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko`rishi, yaqin kelajakka mo`ljallangan istiqbolni ko`ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.
28 BOTIRJONOVA GULGINA ARAB-INGLIZ 3 GURUH TALABASI SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI PSIXOLOGIYA
Еще похожие презентации в нашем архиве: